Sirdaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar
524 subscribers
6.34K photos
327 videos
19 files
1.37K links
Sirdaryo viloyati Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari yangiliklar kanali murojaat uchun @kamila_272
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoni va 2023-yil 20-yanvarda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar va maktab-internatlari bitiruvchilariga zamonaviy kasb-hunar o’rgatish kabi ma'suliyatli ishlar biz pedagoglarning zimmasidagi oliy burch desak adashmaymiz.                       

🟢Shu munosabat bilan “MILI TEKS SIRDARYO” ip kalava ishlab chiqarish fabrikasi bilan hamkorlikda, Guliston tuman IMIda tahsil olayotgan 48 nafar bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish va amaliy mashg‘ulot sohasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo’lib,amaliy ishlar olib borilmoqda.       

❇️Bundan asosiy maqsad o’quvchlarning bilim, ko'nikmalarini rivojlantirish va kelajakda zamonaviy kasblarni egallashlarida ko'maklashishdan iboratdir.
#ochiq_eshiklar_kuni
#guliston tuman IMI
#hamkorlik_memorondumi
#yurt_qalqonlari

🔰MILLIY GVARDIYA YURTIMIZ TAYANCHI, TINCHLIGIMIZ VA OSOYISHTALIGIMIZ GAROVI

Bugun Guliston tuman IMIda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyuldagi 267-sonli qarori “2023-2027-yilda Yoshlarni Harbiy Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash  ishlari samaradorligini oshirish Konsepsiyasi” ijrosini taminlash maqsadida: Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Sirdaryo viloyati Milliy Gvardiya Boshqarmasi bilan hamkorlikda o’quvchi yoshlarni Harbiy Vatanparlik ruhida tarbiyalash, ona vatanga sadoqatli bo’lish tuyg’usini oshirish maqsadida Milliy Gvardiya harbiy qismlarida ochiq eshiklar kuni tadbiri o’tkazildi.

🔰Ushbu ko’rmazmali tadbirda o’quvchi yoshlar o’zlariga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni olishdi hamda bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishdi.
🔷YOSH KOMONCHILAR” to’garagi faoliyati va harbiy texnikalar ko’rgazmasi🔷🔷

🟪Harbiy Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tarbiyalashga yo’g’rilgan ushbu tadbirda Guliston tuman ixtisoslashtirilgan Maktab-internatining yuqori sinf o’quvchi yoshlari harbiy avtomobil va texnikalar ko’rgazmasi, jangovar sport turidagi ko’rgazmalari, harbiy anjom aslahalarga juda katta qiziqish bildirishdi.

❇️Ko’rgazma davomida Milliy Gvardiya hamda Guliston tuman IMI o’rtasida tuzilgan ikki tomonlama memorondum ijrosi ta’minlandi yani “Yosh komonchilar” to’garagi bo’lib o’tdi.

🟩Bunda Milliy Gvardiya qo’riqlash boshqarmasi huzuridagi “Kamonchilar” guruhi bilan kamondan o’q uzish bo’yicha amaliy mashg’ulot o’tkazildi.