Sirdaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar
515 subscribers
6.49K photos
337 videos
19 files
1.4K links
Sirdaryo viloyati Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari yangiliklar kanali murojaat uchun @kamila_272
Download Telegram
Forwarded from Berdiqul Kuldashov
#Guliston_shahar_2_IMI
#Yangi_baholash_tizimi
#Amaliy_mashgʻulot

🏢Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati OʻIBDOʻ B.Kuldashov, MMIBDO  M.Yusupova, maktab maslahatchisi J.Tursunov va fan o'qituvchilari tomonidan 2024-2025-o'quv yilida yangi baholash tizimi bo'yicha tajriba-sinovdagi Guliston shahridagi 5,6,16-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilariga BSB va CHSB jarayonlarini baholash tartibi, qaydnomalarni toʻgʻri toʻldirish va oʻquvchilarni ishlarini toʻgʻri baholash va jurnalga qayd etish tartibi toʻgʻrisida amaliy mashgʻulot oʻtishdi.

📌Maktab o'qituvchilarining yangi baholash bo'yicha savollariga javob berishdi.  BSB va CHSB topshiriqlari bo'yicha tayyorlanadigan barcha hujjatlar bo'yicha maktab rahbariyatiga hamda oʻqituvchilariga tavsiya va koʻrsatmalar berishdi.

⌛️ Umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram (https://t.iss.one/gulistonsh2sonimi)
#stem_class
#saralash_imtihonlari

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabida 2024-yil 30-noyabr kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5-sinf (48-nafar) oʻquvchilari uchun STEM fanlarni Cambridge dasturida oʻqitish maqsadida saralash sinovlari o'tkazildi.

👨‍🎓Oʻquvchilar 1 soat vaqt davomida matematika va ingliz tilidan test topshiriqlarini bajarishdi. Sinov yakunlariga koʻra 24 nafar oʻquvchilar saralab olindi.

📘 Saralab olingan oʻquvchilarga STEM fanlar ingliz tilida oʻqitiladi.
Oʻquvchilarga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!

#2sonimi #stemclass #cambridge
Forwarded from Shirin shahar IM
#Shirin_shahar_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Biz_zoʻravonlikka_qarshimiz

📌Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish maqsadida "BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARSHIMIZ" nomli 16 kunlik aksiya oʻtkazilmoqda.

🔴Maktab oʻquvchilari ishtirokida "BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARSHIMIZ" nomli 16 kunlik aksiya doirasida davra suhbatlari, amaliy trening mashgʻulotlari hamda rasmlar tanlovi o’tkazilmoqda.

📲🌐Bizni kuzatib boring 👇👇👇
🔹🔹
@Shirin_shahar_IM🔹🔹