Sirdaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar
522 subscribers
6.43K photos
333 videos
19 files
1.39K links
Sirdaryo viloyati Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari yangiliklar kanali murojaat uchun @kamila_272
Download Telegram
Forwarded from TURSUNBOY YANGIBOYEVICH
#Farmon_ijrosi_amalda
#Akademik_bilan_mahorat_darsi

AKADEMIK ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-55-sonli Farmonining 6.3-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi Аshurov Muxsindjon Xurramovich ishtirokida STEM fanlari o‘qituvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsida STEM fanlarini o‘qitishning samarali usullari, yangi pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni taqdim etish bo‘yicha amaliy tajriba almashildi.

O‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetentsiyalarini yanada kengaytirish maqsadida amaliy tavsiyalar berildi.

|Telegram| Facebook|
Forwarded from Шоира(Шахло) Рахматуллаевна
#Yangiyer_shahar_IM
#Ota_onalar_bilan_muloqot_haftaligi

"Ota-onalar bilan muloqot haftaligi" boʻlib oʻtdi

🏢 Joriy yilning 19-20-21-22-noyabr kunlari Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Ota-onalar bilan muloqot haftaligi" doirasida 6-7-8-9-10-11-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan navbatdagi muloqot boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida ota-onalar, pedagoglar va maktab rahbariyati ishtirok etdi.

Yigʻilish kun tartibi:

- I chorak yakunlari yuzasidan natijalar tahlili va erishilgan yutuqlar;
- Fan o‘qituvchilari bilan muloqot;
- Maktab rahbariyati bilan muloqot.


Tadbir chogʻida ota-onalarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Shu bilan birga, taʼlim jarayonini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi rejalar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

🟢 Ushbu muloqot barcha ishtirokchilar uchun foydali boʻlib, ota-onalar bilan yanada yaqin hamkorlikni taʼminlashda muhim qadam boʻldi.

Bizni kuzatib borish uchun 👇
Telegram