Sirdaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar
523 subscribers
6.3K photos
325 videos
19 files
1.36K links
Sirdaryo viloyati Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari yangiliklar kanali murojaat uchun @kamila_272
Download Telegram
Forwarded from Yangiyer shahar IM
Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida Team Building Haftaligi doirasida 'Zakovat Quiz' intellektual musobaqasi o‘tkazildi!🧠


Bugun, 8-yanvar kuni Team Building Haftaligining uchinchi kuni, ajoyib intellektual musobaqa – "Zakovat Quiz" o‘tkazildi! Jamoalar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi va do‘stona muhitda o‘zlarining eng yaxshi natijalarini namoyish qilishdi.

📚 Musobaqa davomida:
– Jamoalar turli mavzularda savollarga javob berishdi;
– Har bir ishtirokchi bilimini sinovdan o‘tkazib, jamoaga hissa qo‘shdi;
– Qiziqarli va o‘zgacha atmosfera hukm surdi

🌟 Zakovat turniri – bu nafaqat bilim olish, balki jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash va yangi qirralarni ochish uchun imkoniyatdir!

🔗 Team Building Haftaligi davom etmoqda – qo‘shiling va ilhomlaning!

#TeamBuildingHaftaligi #ZakovatQuiz #YangiyerIM #BirlikdaKuchmiz

Telegram
Forwarded from Ta'lim nazorati
Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?

"Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olishga nomzodlar qanday saralanadi? Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun nima qilish kerak ?” degan savol bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat yuborilgan.

Hukumat qaroriga (№425, 02.08.2022) koʻra vazir jamgʻarmasi uchun nomzodlarga kvotalar maktabning bitiruvchi-oʻquvchilari tomonidan tegishli oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida qayd etgan natijalariga muvofiq taqsimlanadi.

🔰 Bilim va malakalarni baholash agentligi va Ixtisoslashgan taʼlim muassasalari agentligi taqdim etgan kirish imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan vazirlik 2025-yilda Vazir jamgʻarmasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni belgilanadi va bu kvota “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha tuman (shahar)lar boʻyicha taqsimlanadi.

Hududiy kengashlar ushbu kvotaga asosan nomzodlarni vazirlikka taqdim etgan.

🤵 Qarorga koʻra, har bitta yoʻnalish boʻyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʻrniga koʻpi bilan uchta nomzodni taqdim etilishi mumkin.

Nomzodlar orasidan ustama toʻlanadigan pedagoglarni tanlab olish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda — zarur hollarda, nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari oʻtkaziladi;

2️⃣-bosqichda — umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash boʻyicha oʻtkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat oʻtkaziladi. Suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari vazirning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.

🏅 Ushbu ustamaga nomzod boʻlish uchun oʻquvchilaringiz OTM va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida yuqori ball olishi lozim.

📢 Oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat qilishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Mirzaobod tuman IM
#taʼlim #IT #biznes

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi tizimidagi Mirzaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida IT sohasi bo'yicha mutaxassislar D.Anorboyev, A.Ergashev, J.Toshbekov va E.Mahmudov tomonidan zamonaviy kasblarga o'quvchilarni qiziqtirish maqsadida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

💠Davra suhbatida o‘quvchi yoshlarga IT sohasida erishilayotgan yutuqlar, yaratilgan imkoniyatlar, IT va biznes boʻyicha muvaffaqiyatga erishish yoʻllari  to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

🇺🇿Bugungi Yangi O‘zbekiston yoshlari mustahkam bilim, kuchli ishtiyoq, faol tashabbus, fidoyilik, vatanparvarlik, mardlik namunalarini ko‘rsatib, kelajak maqsadlari sari og‘ishmay harakat qilishlari, yaratilgan barcha imkoniyatlardan samarali foydalangan holda o‘z yutuqlari bilan mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari lozimligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

🔍Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
I Telegram  | Facebook | Instagram I
📣📣📣 Xushxabar

🏢 2024/2025 o‘quv yilida magistratura mutaxassisligi bo'yicha  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tanlovida Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tarbiya fani ustozi Fayzullayev Azamat Abdullo o'g'li gʻolib boʻldi.

🏆 Fayzullayev Azamat Abdullo o'g'li
- Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

💐 Stipendiant ustozimizni ajoyib natija bilan muborakbod etamiz!

#2sonimi #faxr
Forwarded from Кodırkulov
#Shirin_shahar_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Psixologik_trening

🏢Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi tomonidan o’qituvchilar va xodimlar bilan “stress va stressni boshqarish” nomli psixologik trening mashg’uloti o’tkazildi.

🔴Trening davomida stress qanday kelib chiqishi va uni bartarash etish yo’llari haqida ma’lumot berildi hamda qiziqarli psixologik mashg’ulotlar, kayfiyatni ko‘taruvch o‘yinlar va stressni yengillashtiruvchi relaksatsion mashgʻulotlar o’tkazildi.

🎯Maqsad: Oʻqituvchilarda yuzaga keladigan tashqi va ichki zo’riqishni kamaytirib, psixologik rivojlanishlariga hissa qo’shish.

📲🌐Bizni kuzatib boring 👇👇👇
🔹🔹
@Shirin_shahar_IM🔹🔹
Forwarded from Sayxunobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Акрам Элбекович)
#Sayxunobod_tuman_IM
#ota_onalar_majlisi

♻️Joriy yilning 9-yanvar sanasida Sayxunobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-2025 o‘quv yilining 1-yarim yillik yakuni bo‘yicha ota-onalar majlisi bo'lib o'tdi.

📌 Majlisda:

-ChSB natijalari;

-o‘quvchilarni darsdan keyingi vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida to‘garaklarga jalb qilish;

-tartib-intizom va amaldagi maktab qoidalariga amal qilish;

-o‘quvchilarni xalqaro hamda milliy sertifikatlar olishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.

☑️ Yig‘ilish yakunida ota-onalar tomonidan berilgan savollarga maktab maʼmuriyati va o‘qituvchilar tomonidan maʼlumotlar olishdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram