Sirdaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar
499 subscribers
6.82K photos
359 videos
19 files
1.44K links
Sirdaryo viloyati Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari yangiliklar kanali murojaat uchun @kamila_272
Download Telegram
Forwarded from Sayxunobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Акрам Элбекович)
#XON_ATLAS_FESTIVALI
🏬#Sayxunobod_tuman_IM

👨‍👩‍👦‍👦Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.

📌Ushbu an’anaga ko‘ra joriy yil 9-sentabr kuni maktabda “Xon atlas” festivali doirasida milliy liboslar  ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Forwarded from Yangiyer shahar IM
#Yangiyer_shahar_IM
#xon_atlas_festivali

Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Xon atlas” festivali doirasida Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida chellenj tashkil etildi.

Milliy liboslarimizda xalqimizning koʻp asrlik oʻtmishi, urf-odat va an'analari, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassam boʻlib, mazkur tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarimizning shu kabi madaniy ildizlarimizga ehtirom va qiziqishi yanada kuchaydi. Kiyinish madaniyati, milliy mato va liboslarimiz tarixi, moda va dizayn kabi mavzular boʻyicha bilimlari ham oshdi.

Rasmiy sahifamiz 👇
Telegram
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 10-sentyabr sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!

Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#baholash_tizimi
#seminar

✔️Viloyatimizdagi barcha Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida tanlov asosida ishga qabul qilingan o’qituvchilar uchun tizimdagi malakali rahbar va pedogoglar tomonidan baholash tizimi bilan tanishtirish hamda metodik yordam ko’rsatish maqsadida o’quv seminarlari bo’lib o’tmoqda.

🔎Bizni kuzatishda davom eting

Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
📱Telegram   |   📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shohruh
🏫Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2024-2025-o'quv yilida yangi ishga qabul qilingan o'qituvchilarga maktab ma'muriyati tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablar o'quv tizimi va baholash tartibi bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi. O'qituvchilar maktab tizimi, o'quvchilarni baholash tartibi, BSB va CHSB qaydnomalarini to'g'ri rasmiylashtirish to'g'risida yetarlicha ma'lumot va ko'nikmalarga ega bo'lishdi.

📘O'quv seminarda maktabga yangi ishga qabul qilingan quyidagi pedagoglar ishtirok etishdi.
Axmidov Xoliqul - Matemaika fani o'qituvchisi;Anorboyev Davron - Informatika va axborot texnalogiyalari fani o'qituvchisi;

✈️ Ustozlarning yangi o'quv yilidagi faoliyatiga ulkan zafarlar va muvaffaqiyyatlar tilab qolamiz