Sirdaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar
499 subscribers
6.82K photos
359 videos
19 files
1.44K links
Sirdaryo viloyati Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari yangiliklar kanali murojaat uchun @kamila_272
Download Telegram
Forwarded from Yangiyer shahar IM
#Yangiyer_shahar_IM
#Yoshlar_milliy_oʻyinlari

🏢 Yoshlarda milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, mehr-oqibat, insoniylik, bag‘rikenglik hamda bunyodkorlik, xayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlash maqsadida milliy o‘yinlarni keng targ‘ib etgan holda, Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ishtirokida "Yoshlar milliy o‘yinlari" festivali bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy sahifamiz 👇
Telegram
Forwarded from Yangiyer shahar IM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiyer_shahar_IM
#Milliy_oʻyinlar

Milliy urf-odatlar, milliy oʻyinlar va begʻubor bolalik. Bularni barchasi navroʻz ayyomi arafasida yana yoshlarga oʻzgacha zavq ulashmoqda. Milliy ruhni oʻzida mujassam etgan bugungi sayl oʻquvchi yoshlarda unutilmas lahzalarga boy oʻtdi.

(Muallif: Sh.Orziqulova)

Rasmiy sahifamiz 👇
Telegram
Forwarded from GulDPI. uz | Rasmiy
🖌Institut va ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasidagi hamkorliklar davom etmoqda

💫Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini bajarish doirasida Guliston davlat pedagogika instituti Mirzaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi. Dastlab ixtisoslashtirilgan maktabda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitiladigan fanlar uzviyligini institutning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida ham taʼminlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida institut Mirzaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab bilan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Oliy ta'lim muassasasi va ixtisoslashtirilgan maktablar o'rtasida yo'lga qo'yilgan bunday hamkorlik yaqin kelajakda o'z mevasini berishi shubhasiz.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

📣 "Raqamli avlod qizlari-2024": butun Respublika bo‘ylab IT sohasiga qiziquvchi qizlar jamlanmoqda!

📆 25-29-mart kunlari “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovi bo'lib o'tadi.

📍Ushbu tadbir an'anaviy tarzda offlayn va onlayn shaklda o’tkaziladi:

📝 Offlayn yo'nalishlar:
3D dizayn;
Raqamli dizayn;
Startup loyihalar;
Grafik dizayn.

📝 Onlayn yo'nalishlar:
Python;
Sun'iy intellekt (AI);
Frontend (React.js);
Web dizayn;
Back-end (.Net);
Back-end (Go);
Mobile flutter.

❗️Shoshiling!

👉 Hoziroq ro'yxatdan o'ting va bizning jamoamizga qo‘shiling: https://qizlar.raqamliavlod.uz/

✔️Offlayn darslar uchun joylar cheklangan.

⚡️ Darvoqe, “Raqamli avlod qizlari 2024” ning eng faol ishtirokchilari chet elga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishlari mumkin.

Zamonamizning eng talabgir sohasini eng tajribali mentorlar ishtirokida biz bilan birgalikda o‘rganing!

👉 Batafsil: https://t.iss.one/digitalgeneration_uz

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Deleted Account
#Hamkorlik #Uchrashuv
#Boyovut_tuman_IM

Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Maxamatdinovich Turobjonov hamda universitet rahbariyati Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bugungi mehmoni bo'lishdi.

Uchrashuvda institut rektori respublikamizda yoshlar , huquq va erkinliklarini ta’minlash, orzularini ro‘yobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotgani, yoshlar o‘z iqtidorlarini yuzaga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuvning ikkinchi qismida o'qituvchi va o'quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob olib, kelgusida maktab o'quvchilari uchun universitetga sayohat uyushtirish masalalari kelishib olindi.

Yakunida universitet hamda
Boyovut tumani ixtisoslashtirilgan maktab bilan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

|TELEGRAM |FACEBOOK  |INSTAGRAM |YOU TUBE
Forwarded from Deleted Account
#Boyovut_IM
#Bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor

Yaqindagina o'tkazilgan chet tili imtihonlarining javoblari e'lon qilindi.
Quvonarlisi shundaki,
Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ikki nafar o'quvchisi ushbu imtihonda yuqori natijaga erishdi.

🔷Akbarov Abror Akromjon o'g'li - 56 ball
🔷Abduqayumov Elyorbek Ulug'bek o'g'li - 58 ball


Mazkur o'quvchilarimizga OTM imhonlarida birincha ya'ni ingliz tilidan maksimal (93) ball beriladi. Bu degani ular hozirdan 93 ballni qo'lga kiritishdi. Endi ular OTM imtihonigacha qolgan asosiy fanlardan tayyorgarlikni kuchaytirishadi.

Ushbu o'quvchilarimizning ota-onalariga, qolaversa bilim bergan ustozlariga, shu bilan birgalikda ingliz tili ustozlariga cheksiz minnatdorchilik izhor qilamiz.
|
TELEGRAM |FACEBOOK  |INSTAGRAM |YOU TUBE