IMA | Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
243 subscribers
543 photos
12 videos
279 links
Download Telegram
✔️Tadbir jarayonlari✔️
#Olot tuman IMI#
🧬🧬🧬🧬🧬🧬🧬🧬
“11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan maktabning 8-9 sinf o’quvchi qizlari o’rtasida “Men zo’ravonlikka qarshiman” davra suhbati tashkil qilindi.
🔛Qayd etish kerakki, davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari bilan so‘ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilindi.
🔛Ushbu tadbir davomida maktab psixologi tomonidan xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xotin-qizlarimizni xaq-xuquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili, shuningdek, gender tenglik, ayollar va erkaklar o‘rtasida teng xuquqlar va imkoniyatlar, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, gender zo‘ravonlikni oldini olish to‘g‘risida xabardorlikni oshirish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berib o‘tildi.
🏆Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad ayollarga nisbatan tazyiqlarning oldini olish, gender tenglikni ta’minlash borasidagi sayi harakatlarni qo‘llab quvvatlashdir.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniga ega bo‘ldi.
Maktabning ijtimoiy tarmoqlari:👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
📺📷™️™️✈️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Channel name was changed to «IMA | Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati»
#CEFR_level_B2

BIZNING SHUNDAY O'QUVCHIMIZ BOR

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Olot  tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining  7-sinf o'quvchisi – Oltiyeva Kumush Xurshid qizi qizi CEFR sertifikatidan B2 darajani qoʻlga kiritdi.
🎉🏆 Oʻquvchimiz va ustozlarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!!!
💠💠💠💠💠💠💠💠
Maktabning ijtimoiy tarmoqlari:👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
📺📷™️™️✈️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆🏆🏆🏆🏆🏆
BIZNING SHUNDAY O'QUVCHIMIZ BOR

Mamlakatimizda ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlarni sog'lom turmush tarzi bilan oshno tutinishga jalb etishda bir qator sport turlari singari sharqona yakka kurash yo'nalishlaridan biri bo'lgan penchak silatning ham o'z o'rni bor.
Buxoro shahrida joriy yilning 9 oktabr kuni sportning "Penchak Silat" turi bo‘yicha Viloyat chempionati o'tkazildi.
Ushbu musobaqada ishtirok qilgan Olot tuman ixtisoslashgan maktab-internatining
7 d - sinf o’quvchisi 🥉Farxodov Raxmatjon ishtirok etib III-o'rinni qo'lga kiritdi.
Ushbu o’quvchimizning keying faoliyatida ham ulkan zafarlab tilab qolamiz.
😀🏆 Oʻquvchimiz va ustozlarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!!!
💠💠💠💠💠💠💠💠
Maktabning ijtimoiy tarmoqlari:👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
📺📷™️™️✈️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nigina Rasulova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Maktab psixologi:Rasulova Nigina
➡️👈➡️👈➡️👈➡️👈
🏢Olot _tuman_ IMI
Bugun darsda…
Joriy  yilning 15-oktyabr sanasida  “Xalqaro oziq-ovqat kuni” munosabati bilan geografiya fani o'qituvchisi Ayubova Malika tomonidan namunali ochiq dars o'tkazildi.
Ushbu kunning asosiy maqsadi dunyoda mavjud bo'lgan oziq-ovqat muammosi bo'yicha aholining xabardorligini oshirishdir.
Shuningdek, global muammoni — insoniyatni ochlik, to'yib ovqatlanmaslik va qashshoqlikdan xalos qilish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rishdan iboratdir.
🔶🔷🔶🔷🔶🔷
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐💠📊🌐💠📊🌐
🏢Olot _tuman_ IMI

Bugun darsda…
🌏"Butunjahon oziq-ovqat kuni"

15-oktabr "Butunjahon oziq-ovqat kuni" munosabati bilan, Zamin xalqaro jamoatchilik fondi tomonidan oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tasdiqlangan yo‘l xaritaga asosan
Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 15-oktyabr "Butunjahon oziq-ovqat kuni" munosabati bilan òquvchilarning ekologik madaniyatini oshirish bòyicha ochiq darslar tashkil etildi.
🌍Geografiya fani o’qituvchisi Naxalova Farida tomonidan   ushbu namunali darsda Birlashgan Millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xòjaligi tashkiloti, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi va "Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish va tòĝri ovqatlanish bòyicha maktab òquvchilari uchun tayyorlangan qòllanma va materiallardan foydalanildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦
#Maktab fan yutuqlari#
😀😀😀😀😀😀😀

😀🇺🇿😀🇺🇿😀🇺🇿🇺🇿
📔Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz boʻylab qadriyatlar beshigi boʻlgan ona tilimizni ulugʻlashga qaratilgan ma'naviy-ma'naviy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
😀Bugun Olot tuman Madaniyat markazida tumandagi umumta'lim muassasalari ishtirokida “Oʻzbek tili – mehr tili” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
✔️Tanlovning tuman bosqichida jonajon tilimizni ulugʻlovchi videoroliklari saralanib olingan 34 ta maktab jamaosi ishtirok etib ular tomonidan ijro etilgan milliy tilimiz tarixi va taraqqiyotini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari hamda tegishli hujjatlar hakamlar tomonidan baholab borildi.
📔 5 ta shart asosida baholash natijalariga asoslanib 1-oʻrin
Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasiga berildi.
🎁Gʻoliblar diplom va sovgʻalar bilan taqdirlanib, iste'dodlar e'tirof etildi.
Bu kabi koʻrik-tanlov, tadbirlarning oʻtkazilishi oʻzbek tilini qadrlash borasida muhim axamiyat kasb etar ekan, undan toʻgʻri foydalanish, uni asrab-avaylash, keyingi avlodlarga betalofat etkazish har birimizning muqaddas burchimiz hisoblanadi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM