NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
637 subscribers
10.6K photos
332 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Robo_Coding

📆 O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA "ROBO-CODING" OLIMPIADASI O‘TKAZILMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Agentlik tizimidagi o‘quvchilar o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi o‘tkazilmoqda.

🧑‍💻Olimpiada dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida tashkil qilinib, hududlar kesimida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan 56 nafar o‘quvchi ushbu bosqichda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazmoqda.

💻 Olimpiadada dasturlash bo‘yicha ishtirok etayotgan o‘quvchilarning natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishib borishingiz mumkin:

🔹Natija: 5–8-sinf
🔹Natija:
9–11-sinf

📝 Eslatib o'tamiz, mazkur olimpiadaning hududiy bosqichi 2023-yilning 9-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan edi.

⚡️Olimpiadada ishtirok etayotgan har bir o'quvchiga omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#robo_coding_olimpiadasi
#maktab_bosqichi

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Robo-coding" olimpiadasing maktab bosqichi 1-tur "Dasturlash" yoʻnalishi boʻyicha saralash jarayonlari boshlandi. Oʻquvchilarga omad tilaymiz.

Telegram Instagram Facebook
#Olimpiada
#Robo_coding

🖇 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Robo-coding" olimpiadasining maktab bosqichiga start berildi.

💻Bugun o'quvchilar ushbu olimpiada doirasida Dasturlash bo'yicha masalalar yechdilar. Bu sohaga qiziquvchilar sonining ko'pligi quvonarli hol.

👨‍🎓 Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Robo_coding_ikkinchi_tur


Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Robo-coding olimpiadasining 2-tur Planer yasash jarayoni otkazildi.
Oquvchilarimiz ushbu olimpiadaning maktab bosqichida faol qatnashdilar.

Telegram Instagram Facebook
#Mingbuloq_IM
#Olimpiada
#Robo_coding

🖥 Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Robo-coding" olimpiadasining maktab bosqichi yakunlanmoqda.

🎓Bu olimpiada doirasida 5-8 va 9-11 sinflar kesimida robototexnikaga qiziqqan iqtidorli o'quvchi talabgorlar qizg'in bahs olib bordilar.

👑Maktabda 3 bosqichli saralab olish yakunlari chiqish arafasida. Bu soxa ancha yosh bo'lishiga qaramay, ko'ngilli qatnashuvchilar soni salmoqli ekanligidan mamnunmiz!

🍀Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo'lsin

👇👇👇
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting📣

https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
Forwarded from Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Jahongir Ergashev)
#Robo_Coding
#Namangan_tuman_IM
ROBO-CODING 1-TOPSHIRIQ
💻Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabda Robo-Coding olimpiadasining maktab bosqichi bo'lib o'tdi.
Bunda 1-topshiriq: 5️⃣8️⃣-sinflar uchun.
Lego to‘plamlari asosida chiziq bo‘ylab harakatlanuvchi robotni loyihalash
va sinash musobaqasi
9️⃣1️⃣1️⃣ sinflar uchun esa Lego to‘plami asosida to‘siqlarni aylanib chiziq bo‘yicha harakatlanish
robotini loyihalash va sinash musobaqasio'tkazildi.
🧩🧩🧩
Olimpiadaning asosiy maqsadi Agentlik tizimidagi maktablarda ta’lim
olayotgan o‘quvchilarni sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha
qiziqishlarini yanada kuchaytirish, ushbu yo‘nalishda iqtidorli o‘quvchilarni
aniqlash, ularni munosib rag‘batlantirish va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish uchun
shart-sharoit yaratishdan iborat.
♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
Forwarded from Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Jahongir Ergashev)
#Robo_Coding
#Namangan_tuman_IM
ROBO-CODING 2-TOPSHIRIQ
💻Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabda Robo-Coding olimpiadasining maktab bosqichi bo'lib o'tdi.
Bunda 2-topshiriq: Barcha jamoalar uchun. (Glider) uchirish musobaqasi bo'lib o'tdi.

🛫🛫🛫
Planer (glider) — bu dvigatel yoki boshqa harakatlantiruvchi kuchlarsiz,
aerodinamik qonuniyatlarga asoslanib havo oqimlaridan foydalanib uchadigan
qanotli uchar apparat. Planerlar oddiy havo qarshiligidan foydalangan holda
uchishni ta’minlaydi va havoda uzoq vaqt qolishi mumkin.
🛩🛩🛩
Planerlar odatda yog‘och, plastmassa, yoki shunga o‘xshash yengil
materiallardan yasaladi. Qanotlari uzun va yupqa shaklda bo‘lib, bu havo
qarshiligini kamaytiradi va havo ko‘tarilish kuchidan maksimal foydalanishga
imkon beradi.


Musobaqada barcha jamoalar o'zlarini yasagan planerlari bilan ishtirok etishdi.

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
Forwarded from Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Jahongir Ergashev)
#Robo_Coding
#Namangan_tuman_IM
ROBO-CODING 3-TOPSHIRIQ
💻Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabda Robo-Coding olimpiadasining maktab bosqichi bo'lib o'tdi.
3-topshiriq: Barcha jamoalar uchun. DASTURLASH
❇️❇️❇️
Bunda ishtirokchilar robocontest.uz platformasida turli murakkablik
darajasiga ega 5 xil masalani yechishlari kerak bo‘ladi. Har bir masala o‘zining
qiyinlik darajasi va yechishga qo‘yiladigan talablar bilan farq qiladi.
Barcha topshiriqlar robototexnika va dasturlashga
oid bo‘lib, ishtirokchilarning algoritmik fikrlash, mantiqiy yechim topish va
dasturlash bo‘yicha qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Uchta topshiriqlardan muvaffaqiyatli g'olib bo'lgan o'quvchilar viloyat bosqichiga yo''lanmani qo'lga kiritishdi bu o'quvchilarga kelgusi olimpiadalarda omad tilaymiz.

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|