NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
633 subscribers
10.9K photos
334 videos
6 files
1.72K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Mingbuloq_IM
#Ochiq_dars

Mingbuloq tumani ixisoslashtirilgan maktabidagi salohiyati yuqori, oliy toifali va ko'plab yutuqlarga ega ustozlar qatorida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Yulduzxon Nurmatova ham o'zining alohida o'rniga ega!

Vazir ustamasi sovrindori
Yulduzxon Nurmatova o'zaro tajriba almashish maqsadida 10-sinfda "Adabiy suxbat.Folklor xalq og'zaki ijodi" mavzusida noan'anaviy dars o'tkazdi.

Dars seminar dars uslubida bo'lib, o'quvchilar mustaqil ravishda o'zlari tayyorlab kelgan xalq og'zaki ijodi namunalaridan namoyish etishdi, dars savol-javoblarga, qizg'in bahs munozarlarga boy bo'ldi. O'quvchilarni topqirligi, faolligi taxsinga sazovor.

Ustozimizga keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!


#Bizni_ijtimoiy_tarmoqlarda_kuzating👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇


https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
Forwarded from Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Jahongir Ergashev)
#Konferensiya
#Yosh_akademiklar_klubi
ILMIY FAOLIYATGA DASTLABKI QADAM

🏢 Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ilmiy faoliyatga dastlabki qadam" nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Konferensiyasiya doirasida Namangan davlat universiteti pedagogika kafedrasi mudiri pedagogika fanlari nomzodi dotsent R.A.Rahimov, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent D.D.Inamov, UBS oliygohi Til va adabiyot taʼlimi kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori N.Pazlitdinovalar ishtirok etib yosh izlanuvchilarga o'z maslahatlarini berib o'tdilar.

Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchilari Muhitdinova Mubina va Turg‘unova Madina "Ilmiy faoliyatga birichi qadam" deb  nomlangan Respublika  ilmiy-amaliy koferensiyasida munosib ishtirok etib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi. O‘quvchilarimizni kelgusidagi faoliyatlarida omad tilaymiz.
♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
#direktor_soati

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida òzining òquv yili davomida a'lo baholarga òqib, maktabning ma'naviy-ma'rifiy va jamoat ishlarida faol ishtiroki, namunali xulqi bilan tengdoshlari orasida namuna bòlib kelayotgan bir qator òquvchilarimizning ota-onalariga maktab direktori tomonidan tashakkurnomalar berildi.

Direktor soatida òquvchilarning xalqaro va fan olimpiadalar, turli tanlovlarda faol bòlishlari vatanimiz kelajagi uchun mas'ul ekanliklari ta'kidlandi.

Telegram Instagram Facebook
#Mingbuloq_IM
#Seminar_trening
Mingbuloq tuman ixisoslashtirilgan maktabi yangi baholash tizimiga o'tayotgan maktablar uchun biriktirilgan trenerlar sifatli ta'limni ta'minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy o'rta ta'lim maktablari rahbariyati hamda o'qituvchilariga ustama berish tartibi to'g'risidagi nizom bo'yicha asosiy tushunchalar yuzasidan o'quv-seminarlarini 2,6,7,15,16,17-maktablarda tashkil etishdi.

O'quv-seminarda yuqoridagi maktablarning metodik birlashma rahbarlari va direktor o'rinbosarlari qatnashishdi, yangi baholash tizimi, ChSB va BSB olishning onlayn va offlayn ko'rinishlari, yuritiladigan hujjatlarning holati, qaysi nizom yoki mezonlar asosida ishlansa yuqori darajadagi ustama uchun asos bo'lishini mukammal tarzda ko'rgazmaviy holatda tushuntirildi. Seminar ishtirokchilari yuqoridagilar yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇
💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫💫

https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/