NAMANGAN | PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
633 subscribers
15.4K photos
438 videos
6 files
2.32K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Jarayon
#STEAM_olimpiadasi
#Kosonsoy_TIM

♻️🔰Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman  ixtisoslashtirilgan maktabi

📊📈Ta'lim muassasamizda  STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va  axborot texnologiyalari, science) fanlari bo'yicha  5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida  ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi fan olimpiadasining (test sinovi) maktab bosqichi davom etmoqda.

❗️Eslatib o'tamiz, Agentlik fan olimpiadasiga 12.10.2024 kunidan START berildi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi barcha ishtirokchi o‘quvchilarga muvaffaqiyat tilaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Konferensiya
#Yosh_akademiklar_klubi

ILMIY FAOLIYATGA DASTLABKI QADAM

⚡️ Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ilmiy faoliyatga dastlabki qadam" nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda Respublikamizdagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchi va o'qituvchilaridan yuzga yaqin maqolalar kelib tushdi. Bugungi konferensiyasiyada ana shu maqola mualliflari o'zlarining dastlabki ilmiy ishlarining mohiyati bilan yig'ilganlarni tanishtirib o'tdilar.

💫 Konferensiyasiya doirasida Namangan davlat universiteti pedagogika kafedrasi mudiri pedagogika fanlari nomzodi dotsent R.A.Rahimov, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent D.D.Inamov, UBS oliygohi Til va adabiyot taʼlimi kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori N.Pazlitdinovalar ishtirok etib yosh izlanuvchilarga o'z maslahatlarini berib o'tdilar.

Maqola mualliflariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im