NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
630 subscribers
10.6K photos
334 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
📚 “FARZANDIMGA KITOB SOVG‘A QILAMAN” AKSIYASI KOSONSOY IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIDA BO‘LIB O‘TMOQDA❗️

2024-yil 4-oktyabr kuni KOSONSOY tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi bolib o`tdi.

Kitobxonlik aktsiyasida o‘quvchilar turli mazmundagi badiiy va ilmiy adabiyotlarni xarid qilishdi .

Ushbu aksiyada faol qatnashaylik! Zero, eng katta Investitsiya bu - farzandingizga qilgan Investitsiyangizdir!!!

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
4 OKTYABR — O‘ZBEK XALQINING NORASMIY MOTAM KUNI

1938 yil 4 oktyabr. Bu  — birinchi o‘zbek kinorejissyori, birinchi fotosuratchisi, birinchi o‘zbek yuristlari, birinchi jurnalistlarining boshi kundaga qo‘yilgan kun.
1938 yilning ayni shu kuni SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi 507 nafar o‘zbekistonlik siyosiy mahbus ustidan shafqatsiz hukm chiqargan.

Bular – Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat kabi o‘zbek munavvarlari, Rahim Inog‘omov, Usmonxon Eshonxo‘jayev, Rustam Islomov, Fayzulla Rahimboyev, Akbar Islomov, Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayev kabi davlat  arboblari edi.

Ilm darg‘alari: Po‘lat Soliyev, Gʻozi Yunus Olimov,
Abdulhay Tojiyev, Akbar Islomov
Anqaboy Xudoybaxtov, Sanjar Siddiq, Qurbon Beregin, A’zam Ayyub, Otajon Hoshimov kabi insonlar shu kunda qatliom qilingandi.

Siz doim xotiramizdasiz, jadidlar...
# ochiq sinf soati

🏛 Uychi ixtisoslashtirilgan maktabida haftaninng juma kunlari ochiq sinf soatlarini tashkil etish an'anaga aylangan.
⚡️Bugun ham maktabning rus tili fani o‘qituvchisi Shirin Farhodovna rahbarligidagi 5-01 sinfda " Ustoz- qadri baland muallim" mavzusida ochiq sinf soati tashkil etildi.
⚡️Dars mashg‘ulotini kuzatishga maktab rahbarlari, fan o‘qituvchilari ham tashrif buyurdi.
⚡️Sinf soatida o‘quvchilar ustozlar haqida she'rlar, kuy- qo‘shiqlar, buyuk ajdodlarimizning hikmatli so‘zlaridan namunalar keltirdilar.
⚡️O‘quvchilarning guruhlarga bo‘linib mustaqil ishlashi, erkin fikrlashi, ilmga bo‘lgan qiziqishlari barchamizga ma'qul keldi.
❗️ Bizni kuzatishda davom eting!
https://t.iss.one/piima_uychi
https://www.facebook.com/groups/6170941039605526
#yangi_baholash_tizimi

Chust tuman ixtisoslashtirigan maktabiga biriktirilgan Pop tuman 1,11,40,67 IDUM direktorlari, OIBDO' hamda oqituvchilar uchun yangi baholash tizimi bòyicha òquv seminari tashkil qilindi.

Malakali pedagoglar tomonidan ishtirokchilar zamonaviy interfaol metodlarga tayangan, amaliy mashĝulotlar asosida dars òtish va baholashning yangicha tizimi haqida ma'lumotlarga ega bòldilar

Telegram Instagram Facebook