NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
633 subscribers
10.9K photos
334 videos
6 files
1.72K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Bitiruvchilar_qurultoyi

⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi.

📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Sizlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbdan tabriklaydi.

Sizlarga mustahkam sog‘lik va xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz.

Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlashdek mas’uliyatli vazifangizda kuch-quvvat yor bo‘lsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
QABUL IMTIHONLARI BOSHLANDI

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi yangi o’quv yili uchun uchta shartda bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichlariga start berdi. 7- sinfga 20 ta o’quvchi qabul qilinadigan mazkur ta’lim maskaniga joriy yilda hujjat topshirgan talabgorlar 601 nafarni tashkil etmoqda. Tanlov darajasi shunchalik balandki, birgina o‘rin uchun 30 nafar bola raqobatlashmoqda va bu respublikadagi Ijod maktablari ichida eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etdi. Shaffof va adolatli tarzda o’tkazilayotgan jarayonlarda bugun barcha ishtirokchilar saralash bosqichining 1- topshirig’ini bajardilar. Unga ko’ra o’quvchilar belgilangan rasmga ingliz tilida ijodiy matn yaratishdi.

Ta'kidlash joizki, sinovning 2-bosqichi 29-iyundan 2-iyulga qadar o’tkaziladi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati