NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
632 subscribers
10.9K photos
335 videos
6 files
1.72K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Mingbuloq_IM
#Davlat_imtihoni

♻️ 30-may kuni respublika miqyosida 9-sinf o’quvchilari uchun Davlat attestatsiya imtihonlari boshlandi.

✳️ Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bugun 8:00 da matematika fanidan attestatsiya imtihoni umumiy auditoriyada tashkil etildi.

❇️ Imtihon maktab direktori I. O. Askarov tomonidan ochib berildi, o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari, sinf rahbarlari va fan o’qituvchilari tomonidan nazorat qilinmoqda. Jami 108 nafar o’quvchi bir vaqtda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

📚 Bilim — sinovlarda toblangandagina haqiqiydir.


🌐 Bizni kuzatib boring
Telegramm | Facebook
#Jarayon
#Yakuniy_attestasiya

NORIN TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan yakuniy davlat attestasiya imtihonlari soat 8:30 da boshlandi.

Oʻquvchilar belgilangan vaqt mobaynida ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan yuborilgan imtihon biletlariga maxsus kuzatuv nazorati ostida javob beradilar.

Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi barcha oʻquvchilarga yakuniy davlat attestasiya imtihonlarida omad tilaydi.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣 DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 1-15-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlari va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 1-iyun 09:00dan boshlab topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_efir
#matbuot_anjumani
#Qabul_2024

🔔 MATBUOT ANJUMANI BOSHLANDI

Mavzu: Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar qabuli jarayonlari

Ushbu MATBUOT ANJUMANIni quyidagi havola orqali onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin:

▶️ JONLI EFIR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida Namangan viloyati oʼquvchilar ham faol ishtirok etib, yakunda 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʼlga kiritishdi.

🥈 Shokirjanov Hayitbek Lutpillo oʼgʼli - Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

🥉 Ma’rufjonova Dilshoda Hasan qizi - Namangan shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati

🥉 Rahmatillayev Akbarali Asadillo o‘g‘li - Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Gʼolib boʼlgan oʼquvchilarimizni Namangan viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi nomidan tabriklaymiz!

👉 Eslatib oʻtamiz, Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilardan tashqari Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Ozarbayjon davlatlari vakillari ham ishtirok etmoqda.

https://t.iss.one/piima_namangan