NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
637 subscribers
10.6K photos
332 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#faoliyat

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quv jarayonlaridan so‘ng turli to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Jumladan, Robototexnika to'garagi ham faoliyat olib boryapti. Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan  yoshlar uchun an'anaviy Raqamli Avlod IT Fest haftaligi bo'lib o'tdi.
Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6.03- sinfning ,,FND'' jamoasi Respublikada ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Hackaton musobaqasida o‘z innovatsion EKO loyihalari bilan faxrli 2-o‘rinni egalashdi.

➡️ Hozirgi kunda maktabda 335 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Ulardan 7 nafari IELTS va CEFR sertifikatlariga ega bo'ldilar. Bitiruvchilarning 10 nafari muddatidan oldin talabalikka qabul qilinganlari ham quvonarli holdir.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@murojaat_imbot
Forwarded from Farida Riskinbayevna Chust IM. MMIBDO'
#faoliyat_👗👔🦺🎚🎛

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chust ixtisoslashtirilgan maktabida òquvchilarning darsdan keyingi faoliyatini mazmunli tashkil etish maqsadida turli tògaraklar tashkil etilgan.
Fan tògaraklaridan tashqari maktabimizda robototexnika hamda tikuvchilik tògaraklari ham tashkil etilgan bòlib, bu orqali òquvchilar texnika olamining sirlarini hamda tikuvchilik hunarini òrganmoqdalar.
Prezidentimiz tashabbuslarining amaldagi isboti sifatida bizning òquvchilarimiz umumiy òrta ta'lim fanlari bilan birgalikda hunar egasi bòlib ham maktabni tamomlaydilar!
Maqsadimiz-òquvchilarimiz mustaqil hayotda har qanday vaziyatda òz yòlini topib ketishiga kòmaklashish!

Chust IM axborot xizmati👇

Telegram Facebook Instagram
#seminar_🎇
#faoliyat_📔📕📗

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chust ixtisoslashtirilgan maktabida viloyatdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktab psixologlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda "Psixotiplarni aniqlash so'rovnomasi" asosida shaxslarning ijtimoiy xulq-atvorini va xarakter aksentuatsiyasini o'rganish bo'yicha mahorat darslari o'tildi!
"Farzandimizga mehr beraylik" ota-onalar uchun mo'ljallangan qo'llanma taqdimot qilindi!
Ota-onalar yig'ilishini tashkillash bo'yicha trening mashg'ulotlari qanday tashkil qilingani bo'yicha ma'lumotlar, metodika va video roliklar taqdim etildi!
Bundan tashqari jamoaviylikni rivojlantiruvchi, diqqat, sezgi, xotira, qo'l matorikasi bilan ishlash bo'yicha qiziqarli treninglar tashkil qilindi!

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati👇

Telegram | Facebook | Instagram