NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
613 subscribers
11.7K photos
354 videos
6 files
1.81K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#18_noyabr
#Jarayon

🇺🇿🇺🇿🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-01-sinf o'quvchilari bilan kimyo fani o‘qituvchisi N. Yakubova tomonidan kimyoviy tajriba o'tkazildi. Bu tajriba hosilasi O'ZBEKISTON BAYROGʻI bo'ldi.

✔️✔️✔️ O'quvchilarda Vatanga muhabbat, Bayrogʻimiz iftixorimiz ekaniga ishonch tuygʻulari ko'zlarida jilvalanganiga guvoh boʻlishimiz mumkin.

Bayram barchamizga muborak boʻlsin!!!

👇👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

https://t.iss.one/uchqorgon_im

@uchqorgon_imbot
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_bayrog‘i
#31_yil

Bugun “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingan kun.

Ushbu muhim sana – qutlug‘ kun barchamizga muborak bo‘lsin!

Ranglarida xalqimizga xos olijanoblik, poklik va saxovat hamda jasoratni o‘zida mujassam etgan bayrog‘imiz abadiy hilpirasin!

Hilola Umarova,
Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori

Bizni kuzatishda davom eting
👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Mening_bayrog'im_mening_g'ururim


🏫 18- noyabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

📚 Tadbirda maktabning 5-6-7-8-sinf o'quvchilari ishtirok etib,yig'ilganlarni o'zlarining sahna ko'rinishlari va badiiy chiqishlari bilan hursand etishdi.

🔰 Qatnashchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i haqida batafsil ma’lumotlarni o‘quvchilarga tushuntirib berishdi. Bundan tashqari o'quvchilar o'rtasida tashkil qilingan tanlovlar g'oliblari munosib taqdirlandi.

🖋Maktab matbuot xizmati.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Steve King,
Cambridge Assessment International Education tashkilotining Ta'lim yoʻnalishi boʻyicha bosh maslahatchisi:

- Bu yil biz ilk bora Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda Kembrijning bir qator darsliklarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ustida ish boshladik.

Bu darsliklar fizika va biologiya fanlaridan bo‘lib, Agentlik tizimidagi bir qator ixtisoslashtirilgan maktablarda foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Aytish joiz - tarjima jarayonlari Kembrijning nashr etish bo‘yicha mutaxassislari tomonidan ko‘zdan kechiriladi va qo‘yilgan sifat talablariga mosligi tekshiriladi.

Mazkur darsliklar 2023-yilning sentabr oyidan boshlab foydalanishga topshirilishi ko’zda tutilgan.

Cambridge Assessment International Education tashkiloti mazkur jarayonlardan judayam xursand ekanligini alohida ta'kidlashim lozim.

Zero, bu ikki tomonlama aloqalarning yanada kengayayotganligidan darak beradi.

Agentlik bilan o‘zaro hamkorligimiz o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan treninglar hamda A-level imtihonlaridan tashqari o‘quv metodik qo‘llanmalarni tarjima qilish orqali yangi bosqichga ko‘tarilayotganligi quvonarli holat, albatta.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Студия 24 | Дилшод Кенжаев – Президент таълим муассасалари агентлиги директорининг биринчи ўринбосари
#20nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#ITHaftalik
#RaqamliAvlod
#RobototexnikaTanlovi

⚡️"Raqamli avlod IT haftaligi" doirasidagi Robototexnika sohasidagi Respublika tanlovi💡haqida:

Tanlov doirasida:

✅️Robo Labirint - 21-noyabr;
✅️Robo Sumo - 21-noyabr;
✅️Robo Futbol - 22-noyabr musobaqalari bo'lib o'tadi.

📍Tanlovning o'tkazilish tartibi va shartlari bilan NIZOM orqali tanishishingiz mumkin.

⏰️ Tanlovlar soat 10:00da boshlanadi.
🏢 Manzil: Toshkent Prezident maktabi

‼️Ro'yxatdan o'tish uchun:
https://raqamliavlod.uz/

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#Kuz_manzaralari

🔰🔰🔰
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5- sinf o‘quvchilari o'rtasida ,, Kuz manzaralari'' mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

🍂🍂🍂🍁🍁🍁
O'quvchilar oltin kuz tarovatini o'z nigohlari bilan ilg'agan tasvirlarda beg'ubor qalb bilan tasvirga tushirdilar. Mitti mo'yqalam ustalari munosib rag'batlantirildi va g‘olib deb topilgan o‘quvchilar taqdirlandi.

https://t.iss.one/uchqorgon_im

@uchqorgon_imbot
Forwarded from Deleted Account
#ibrat_maktabi
#ibrat_instituti
#hamkorlik

🖥 Zoom onlayn platformasida orqali 🇰🇿 Qozog'istoning Baliqtosh shahridagi 6-sonli umumta'lim maktabining 7-sinf o'quvchilari bilan "Kiberxavfsizlik" mavzusida konferensiya bo'lib o'tdi.

🤝 Konferensiya Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan chet tillari instituti 1-kurs talabalari hamda PTMA tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 7,8-sinf o'quvchilari bilan hamkorlikda bo'lib o'tdi.

👥 O'zaro tanishuv mobaynida o'quvchilar Qozog'istonlik tengdoshlariga Is'hoqxon Ibrat hayoti va ijodi haqida aytib berishdi.

📑 Konferensiyada "Kiberxavfsizlik" mavzusida (tarmoqlardagi xavfsizlig, saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizlik) yuzasidan suhbat o'tkazildi. Ikki davlat o'quvchilari o'rtasida o'zaro fikr mulohazalar yuritishdi. Konferensiya davomida o'quvchilar o'z ona tillarida she'rlar o'qib berishdi.

🎫 © Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati, 2022.
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |