NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
637 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Jahongir Ergashev
#Sayohat
Namangan tuman IM Vatan tayanchi otryadi a'zolari tuman Milliy gvardiya bo'limi bilan hamkorlikda Namangan viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi qo'riqlash bo'linmasiga sayohat tashkil etdi.
🔣🔣🔣
Bu kuni o'quvchilar gvardiya xodimlarining ish joylari, kutubxonalari va sport bilan shug'ullanish xonasi hamda bo'linma tomonidan tashkil etilgan muzeyi bilan tanishdilar. O'quvchilarning aksariyat qismida ushbu kasbga bo'lgan qiziqishlari yanada ortdi.

Bundan ko'zlangan maqsad esa PF-6260-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iborat.
🌐🌐🌐
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda kuzating
🔽 🔽 🔽
|Telegram|Facebook|YouTube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#faoliyat

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quv jarayonlaridan so‘ng turli to‘garak mashg‘ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Jumladan, Robototexnika to'garagi ham faoliyat olib boryapti. Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan  yoshlar uchun an'anaviy Raqamli Avlod IT Fest haftaligi bo'lib o'tdi.
Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6.03- sinfning ,,FND'' jamoasi Respublikada ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi Hackaton musobaqasida o‘z innovatsion EKO loyihalari bilan faxrli 2-o‘rinni egalashdi.

➡️ Hozirgi kunda maktabda 335 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Ulardan 7 nafari IELTS va CEFR sertifikatlariga ega bo'ldilar. Bitiruvchilarning 10 nafari muddatidan oldin talabalikka qabul qilinganlari ham quvonarli holdir.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@murojaat_imbot
Forwarded from Нилуфар Одилжанова
Адабиётни қадрлаган ҳоким.

Бугун Учқўрғонда "Ёшлар учрашуви" бўлиб ўтди. Учрашувда туман ҳокими тасодифан залдаги ёшларга шеър айтиш бўйича БАХРИБАЙТ мусобақаси ўтказишни таклиф қилди. Ўнлаб ёшлар  шеърхонлик мусобақалашди. Жуда кўтарингки руҳда ўтган шеърхонликда Олимжанова Захро Умиджон кизи ғолиб бўлди. Ғолибга туман ҳокими НОУТБУК совға қилди.

Қойилми?

@bugunuchkurgonda
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)
“Ziyolilar School” almanaxi uchun saralab olingan 100 nafar iqtidorli o‘quvchi bilan tanishing

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi mamlakatimizning eng faol o‘quvchilarni saralab olgani haqida xabar bergandik. 

Bugungi kunda “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi tomonidan 100 nafar o‘quvchi bilan kitobni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Kitob tayyor holatga kelganida “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish fondi bilan birgalikda o‘quvchilar uchun taqdimot tashkil etiladi.

Saralab olingan 100 nafar iqtidorli maktab o‘quvchilari ro‘yxati bilan tanishing.

Bu ro'yxatda Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6.02-sinf o'quvchisi Mirzomiddinova Komila ham borligi bizni juda quvontirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram