NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
628 subscribers
11K photos
337 videos
6 files
1.72K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Yashil_makon
#Umummilliy_loyiha

🍀
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

🌿🌿🌿
Yaxshidan bogʻ qoladi, deydi mehnatsevar xalqimiz. Bugun ekilayotgan nihollar ertaga azim daraxtlar bo'lishi shubhasizdir.

🌱🌱🌱
Barchani ushbu loyihada faol ishtirok etishga chaqiramiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
#Mingbuloq_IM
#8_mart

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabida “8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “O'zbegim o'g'lonlari” bayram musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
🌱“O'zbegim o'g'lonlari” bayram tadbirida 5 nafardan 9-sinf oʻquvchilaridan tuzilgan 5ta jamoa 4 ta shart asosida bellashdilar. Maktabning oʻqituvchilaridan tuzilgan hakamlar xay’ati oqilona baholab borishdi.

🥇Qizgʻin bahslardan soʻng eng iqtidorli va eng uddaburon yigitlar -  9/05-sinf oʻquvchilarining "Yangi O'zbekiston" guruhi 1-o'ringa munosib deb topildi.
🥈9/06-sinfning "Shunqorlar" guruhi 2-o'rinni egalladi.
🥉9/04-sinfning "Kosmos" jamoasi 3-o'ringa munosib topildi.

🎁Tadbir so‘ngida eng faol ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bu musobaqa barcha ayol-ustozlar va qiz-o'quvchilarga ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊🧊
Telegramm | 💬Facebook
O‘qituvchilar huquqini himoya qilish jamiyatning umumiy maqsadiga aylanib borishi zarur

Xabaringiz bor, kuni kecha Oliy Majlis Senati tomonidan “Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun ma’qullandi.

Unda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazo nazarda tutilmoqda.
Ya’ni pedagog xodimni mehnatga ma’muriy tarzda qayta majburlaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, pedagog xodimlarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin xuddi shunday qilmishni takroran sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma Jinoyat kodeksiga kiritilmoqda.

Ushbu qonun hujjati Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangandan so‘ng o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etish bilan bog‘liq necha yillik muammo yechimining qonuniy asosi yaratiladi.

O‘ylaymanki, o‘qituvchiga hurmat ko‘rsatish, uning mehnatini qadrlash yurtimizdagi har bir insonning ham hayotiy, ham insoniy burchlaridan biridir. Shu ma’noda o‘qituvchi kasbining yuksalishi va ijtimoiy himoyasi yaxshilanishidan barchamiz birdek manfaatdormiz.

Bu ezgu yo‘lda biz doimo harakatdamiz.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Yashil_makon
#Umummilliy_loyiha

🌿🌿🌿
Obodlik koʻngildan boshlanadi. Shu bois ham "Yashil makon-2023" umummilliy loyihasi yurtimiz bo'ylab keng quloch yozmoqda.

🌲🌲🌲
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxtlar ekib ta'lim maskani obodligi uchun ishlar jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

🌿🌿🌿
Bir tup ekilgan daraxt azim bog'lar yaralishiga asosdir. Bugun ekilayotgan nihollar ertaga o'z hosilini berishi shubhasizdir.

🌱🌱🌱
Barchani ushbu loyihada faol ishtirok etishga chaqiramiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot