NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#warm_up_MATH_ENGLISH_PE
🏣 Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida dars mashg'ulotlaridan oldin o'quvchilarni qizdirib, mashg'ulotlarga shay holatga keltirish maqsadida WARM UP activitylar tashkil qilinmoqda.
▶️ Ingliz tili, matematika va jismoniy tarbiya fanlarini integratsiya qilgan holda o'ziga xos estafeta tashkil qilindi.
📚 Bilimlarini oshirish maqsadida o'quvchilar turli sinflardan tuzilgan alohida guruhlarda jamoa bo'lib turli xil boshqotirmalarni echishdi.
📌 Maktab maslahatchisi tomonidan haftaning har chorshanba kunlari shu kabi o'ziga xos activitylar o'tkazish rejalashtirilgan bo'lib o'quvchilarga olam-olam quvonch baxsh etmoqda.
#Amaliyot
#Aniq_fanlar
#Mavzu_Ichki_yonuv_dvigatellari

▶️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o'quvchilari bilan 106-sonli Prezident farmoni ijrosi yuzasidan Namangan tumanida joylashgan korxonalar  bilan tuzilgan  amaliyot o'tash rejasi asosida amaliyotlar tashkil qilib kelinmoqda.
🧩Amaliyot tashkilotdan biriktirilgan vakil va fizika fani o'qituvchisi Sharipov Ismoil tomonidan olib borildi.
🎯Amaliyotda o'quvchilar "Ichki yonuv dvigatellari" mavzusi bo'yicha amaliy ko'nikma va hayotiy tajribalarga ega bo'ldilar.
📌 IZOH: Amaliyot maqsadi o'quvchilar uchun shunchaki sayohat emas balki  ixtisoslik fanlaridan o'tilgan mavzularni amaliyotga shuningdek, hayotga bog'lagan holda bilim va ko'nikmalarni egallashdir.
#Jarayon
#Viloyat_seminari

🔰🔰🔰
ITMA tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ma'naviy-ma'rifiy va o'quv tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga zamonaviy yondashuv" mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.

❇️ Unga viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, chet tili fani oʻqituvchilari hamda hududiy boʻlim boshligʻi Oybek Zokirov, koordinator-mutaxassis Abdurasul Abdullayevlar tashrif buyurdilar.

✳️ Mehmonlar ingliz tili fanidan namunali dars jarayonlari, kimyo va biologiya fanlaridan to'garak, "Ixtisoslashtirilgan maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish" mavzusidagi trening mashg'ulotlarining ishtirokchisiga aylandilar.

♻️ O'quvchilarning kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha qilingan ishlar, ularning bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkil etish uchun amalga oshirilgan jarayonlar seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im