NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
639 subscribers
10.5K photos
329 videos
6 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Ibrat_maktabi #madaniyat_maktabi
#Bobobur_541_yilligi #Hamkorlik

"NAZM VA NAVO"

✍️ 14-fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Namangan viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi bilan hamkorlikda shoh va shoir, buyuk sarkarda tavalludining 541 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

💫 Tadbir davomida shoir hayot yo‘li, ijodiy faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Madaniy-ma'rifiy tadbirda sahna ko‘rinishlari, Bobur g‘azallaridan kuy, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)
#Jarayon
#Hamkorlik

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarni kasbga yoʻnaltirish bo'yicha Namangan muhandislik qurilish instituti bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.

Bu davra suhbatida institut prorektori Jakbarov Odiljon Otamirzayevich, rektor maslahatchisi va matbuot kotibi Abduvaliyev Azizbek Abdug'aniyevich, Qurilish fakulteti dekani Mansurov Muxtorjon Tohirjonovich, professor oʻqituvchilar va maktabimiz o'quvchilari ishtirok etishdi.

O'quvchilar uchun qiziqarli boʻlgan ma'lumotlar berildi, yutuqlari bilan o'rtoqlashishdi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Hamkorlik
#seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi To'raqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va psixologik xizmatni samarali tashkil etish" mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.

❇️ Unga viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixologlari hamda To'raqo'rg'on tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mudiri A.Abdullayev, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari sho'ba rahbari A.Nurmuhammadovlar tashrif buyurdilar.

✳️ Mehmonlar maktab faoliyati bilan tanishdilar. Trening mashg'ulotlarining ishtirokchisiga aylandilar.

♻️ O'quvchilar tomonidan namoyish etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz👇

| Telegram | Facebook | YouTube
#Seminar_trening
#Yangi_baholash_tizimi
#Hamkorlik

6-may kuni Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi 1-va 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

📌 Unda Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quv ishlari bo'yicha direktor oʻrinbosari B. Urinboyev va maktab maslahatchisi J.Razzaqovlar o'z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.

☑️Seminarda yangi baholash tizimining mohiyati, afzalliklari, BSB va ChSB nazoratlarining o‘tkazilish tartibi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@uchqorgon_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Zakovat
#hamkorlik

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Norin tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida ZAKOVAT intellektual o'yini tashkil etildi.

Bu bilimlar jangida Namangan viloyatidagi Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilar jamoalari ishtrok etdilar.

Qizg'in bahslarga boy boʻlgan bu o'yinda Uchqoʻrgʻon tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Norin hamda Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoalari kuchlari teng keldi.

Bu an'anani davom ettirgan holda navbatdagi o'yin Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bo'lishi kelishib olindi.
#Hamkorlik
#Ustoz_yodi
#Joylardan_xabarlar


Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh faol o‘quvchilari tashabbusi bilan yana bir savobli va samarali ishga qo‘l urildi.

Maktabning faol oʻquvchilari o‘zlarini boshlang'ich sinflarda o‘qitgan ustozlari holidan xabar olishmoqda va ularga Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alarini taqdim etmoqdalar.

Ushbu harakat mamlakatimiz ta‘lim tizimida joriy etilgan "Ustoz-Shogird" an'anasi davom etishiga xizmat qiladi.

Umumta'lim maktablarida o‘quvchilarimiz Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar haqida hikoya qilib bermoqdalar.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi bunday ezgu tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Hamkorlik
#Konsertga_tashrif
#Mingbuloq_IM

🎼Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Bolalar musiqa va sanʼat maktabining hisobot konsertida ishtirok etishdi.

🎹Musiqa maktabi bilan hamkorligimiz davom etmoqda. Maktabimizning 8-04 sinf oʻquvchisi Olimjonova Nurafshon hamda 7-03 sinf oʻquvchisi Usubjonova Dilnavozlar raqs toʻgaragidan konsertda qatnashdilar. Ilk konsert muvaffaqiyatli yakunlandi.

🎻Konsert dasturidagi milliy cholgʻu, qoʻshiq va raqslar, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Madaniy tadbirlarda qatnashgan oʻquvchilarda sanʼat yoʻnalishida qobiliyatlari namoyon boʻladi va rivojlanadi.

➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook
#Hamkorlik

Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2023-2024 o'quv yilini yakunlash , 25-may "So'ngi qo'ng'iroq" tadbirini o'tkazish bo'yicha tavsiyalardan kelib chiqqan holda maktabining bitiruvchi o'quvchilari hamda ularning ota-onalari bilan davra suhbatlari o'tkazildi.

Davra suhbatida Namangan viloyati IIB JXX YHXB inspektori maktabga avtomashina boshqarib kelmasligini, yengil avtomobillarni o'quvchilar tomonidan ijaraga olib guruh-guruh bo'lib harakatlanishlari qonunga zid ekanligi va uning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib bordi va ogohlantirildi.

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda kuzating 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
#hamkorlik_
Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Òzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Harbiy san'at kafedrasi katta òqituvchisi podpolkovnik Kadirov Ilhomjon Odiljonovich hamkorligida bitiruvchi sinf oquvchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvdan kòzlangan maqsad oquvchilarni QK harbiy Akademiyasida òqitiladigan mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishtirish, ularni vatanparvar, mard oĝlonlar qilib tarbiyalash Òzbekiston uchun kerakli kadrlar qilib tarbiyalashdir.
Òquvchilar òzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.
Hamkorligimiz davom etadi.

Telegram Instagram Facebook
#hamkorlik_uchrashuv

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 99216 harbiy qism vakili podpolkovnik T.Rahmonov ishtirokida "komandir va yoshlar" uchrashuvi bòlib òtdi.
Uchrashuvdan kòzlangan maqsad òquvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kelajakka mas'uliyat bilan yondashishdan iboratdir.
Uchrashuv qizĝin va savol-javoblarga boy tarzda òtdi.

Telegram Instagram Facebook
Forwarded from Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Jahongir Ergashev)
#Hamkorlik
#Mahorat_darslari

2024-yil 1-aprel kungi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish va ularni faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PF-55 sonli Prezident farmoni hamda 2024-yil 30-iyul kungi "Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tizimidagi maktablarda o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangi tizimini joriy etish to'g'risida" gi qo'shma qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman Milliy Gvardiya bo'limi bilan hamkorlikda 10-11 sinf o'quvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.
  
♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
#MEMORANDUM
#Hamkorlik

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Namangan viloyatidagi UBS oliygohi o'rtasida MEMORANDUM imzolandi.

⚡️Ushbu kelishuvda oliygohning Til va adabiyot taʼlimi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori N.Pazlitdinova va maktab direktori D.Mirzayevalar ishtirok etdilar. Bu o'quvchilar uchun samarali bo'lishi shubhasiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Mingbuloq_IM
#Hamkorlik

❇️Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Oʻquvchi yoshlar halollik tarafdori" 10 kunlik tadbirlari davom etmoqda.

❇️Bugun "Birlashgan" MFY profilaktika inspektori D.Mamajonov ishtirokida korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

❇️Davra suhbati jarayonida oʻquvchilarga "korrupsiyaga qarshi qonuniy choralar" mavzusida tushunchalar berilib, oʻquvchilar savollariga tajribadagi misollar bilan maʼlumotlar berildi.

❇️Bu kabi tadbirlar oʻquvchilar tarbiyasida oʻz natijasini beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook
#hamkorlik
#ota- onalar yig‘ilishi
Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024 yil 16 noyabr kuni umumiy ota -onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda maktab pedagoglari va 252 nafar ota- onalar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ota- onalarga maktab haqida umumiy ma'lumot berilib, o‘quvchilarning umumiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida gapirib o‘tildi.
Maktabining ichki tartib- qoidalari, o‘qituvchilarning umumiy odob- ahloq qoidalari, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l- transport hodisalarining oldini olish masalalari muhokama qilinib, mavzuga oid videorolik namoyish etildi.
Bituruvchi sinf o‘quvchilarining ta'limning keyingi bosqichiga jalb qilish, o‘quvchi yoshlarning psixologik holati, ota -ona va farzand o‘rtasida munosabatlar haqida ham mutaxasislar tomonidan maslahatlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!
    https://t.iss.one/piima_uychi
https://www.facebook.com/groups/6170941039605526
#hamkorlik

Universitet va maktablar hamkorligi ta'lim sifatini oshirishda muhim omil bo'lmoqda.

Davlatimiz rahbari yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash maqsadida ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Joriy yilning 27-noyabr sanasida Iste’dodli talabalar bilan ishlash sektori rahbari N.Qodirov hamda  Biotexnologiya fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan Namangan davlat universitetida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri Norin tumani ixtisoslashgan maktabida o‘tkazildi. 

Tadbirda Namangan davlat universiteti to'g'risida videolavha namoyish etildi. Talaba-yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda fakultetlar va ta’lim yo'nalishlari tanishtirildi.

Bitiruvchi o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Maktabning iqtidorli o'quvchilari va ustozlariga universitet esdalik sovg'alari topshrildi.
#hamkorlik

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Jizzax viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida bir guruh maktab rahbarlari To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurib, maktabimiz faoliyati bilan tanishib chiqishdi.

Shuningdek, delegatsiya a'zolarini tumanimizda joylashgan Axsikent arxeologiya parkiga sayohati tashkil etildi.

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

www.ttim.uz

| Telegram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Jizzax viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida bir guruh maktab rahbarlari To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurib, maktabimiz faoliyati bilan tanishib chiqishdi.

Delegatsiya a'zolarini Axsikent arxeologiya parkiga sayohati bo‘yicha tayyorlangan videorolik


To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

www.ttim.uz

| Telegram | Facebook | YouTube
#memorandum_
#hamkorlik_

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchilari tumandagi "Chust Avtotexxizmat-N" korxonasiga tashrif buyurdilar.

Oʻquvchilar korxonadagi sharoitlar va ish jarayoni bilan yaqindan tanishib, qiziqqan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Telegram Instagram Facebook
#memorandum_
#hamkorlik_

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Chust tuman sport maktabi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mamlakatimizda sportga boʻlgan e'tibor va yoshlarni qiziqishlaridan kelib chiqib oʻzlari xohlagan sport turi bilan shugʻullanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Hamkorlik doirasida maktabimiz oʻquvchilari ham bu imkoniyatdan toʻlaqonli foydalanishga egadirlar.

Telegram Instagram Facebook