NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
633 subscribers
10.9K photos
334 videos
6 files
1.72K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Mingbuloq_IM
#Bayrogʻimiz_gʻururimiz
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogʻi

❇️ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Millat bayrogʻi" shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.

❇️Bugun 5-7-sinf oʻquvchilar oʻrtasida "Bayrogʻimiz-gʻururimiz" mavzusida rasmlar, 8-10-sinf oʻquvchilar oʻrtasida "Muqaddasdir Vatan bayrogʻi" mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.

❇️Oʻquvchilar ijodlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizda, milliy oʻzligimizda chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita boʻlib xizmat qilayotganligi oʻz isbotini topdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook
#Mingbuloq_IM
#asosiy_fan_olimpiadasi

Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Rahmonov Toxirjon Ilhomjon oʻgʻli fizika fanidan asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichida faxrli 2-o‘rinni egallab Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

❇️Shuningdek, 10-sinf oʻquvchisi Abdusalomov Abdulloh Zohidjon oʻgʻli informatika fanidan 4-oʻrinni, 11-sinf oʻquvchisi Akramov Ozodbek Anvarxoʻja oʻgʻli informatika fanidan 5-oʻrinni egallashdi.

O'quvchimizga Respublika bosqichida ham omad tilaymiz!!!


👇👇👇
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting📣

https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
#Mingbuloq_IM
#xalqaro_daraja
#faxrimiz

📣📣📣Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh 10 va 11- sinf òquvchilari xalqaro sertifikatlarga ega bòldilar!

🏆Ingliz tili Xalqaro IELTS:
10.01 sinf o'quvchisi Sobirjonova Muxtasar 7.5 va 10.05 sinf o'quvchisi Sharobiddinova Ruxshona ham 7.0 ko'rsatkichli natijalar bilan o'z bilimlarini ko'rsatdilar. Qolaversa 11.03 sinfimiz o'quvchisi Pirmatova Rayhona ham tabiiy yo'nalishda bo'lishiga qaramay 6.5 natijani qo'lga kiritdi.

🏆 Koreys tili
10.01 sinf o'quvchilari Shaxobiddinova Muazzamxon ham topic II ham SKA testlari yuqori natijasi bilan va Mamutjonova Dilnoza topik I natijasi bilan hammani quvontirdi.

🌅Ushbu natijalar bilan o'quvchilarimizni tabriklaymiz! Parvozingiz bundanda yuksak bo'lsin!

Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati👇👇👇

https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
#Mingbuloq_IM
#milliy_sertifikatlar
#faxrimiz

📣📣📣Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh 11- sinf òquvchilari umumta'lim fanlarini bilish darajasini baholovchi A va B toifadagi milliy sertifikatlarga ega bòldilar!

🏆Ona tili va adabiyot:
 Xoshimboyeva Rayhona A, Abduvaliyeva Dilxumor A, Abdufattoyeva Gulshoda B+, Qo'chqorova Mohichehra B, Egamberdiyeva Xusnida B

🏆Rus tili : Kamoldinova Gulsanam B+ darajadagi sertifikat sohiblari bo'ldilar.


🌅Ushbu natijalar sababchilari bo'lgan o'quvchilarimizga va jonkuyar ustozlarga tashakkur va tabriklar bulsin😊👏👏👏

Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati👇👇👇

https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
#Mingbuloq_IM
#Faxrimiz
9/01-sinf o’quvchisi Xusniddinova Mushtariy Muzaffar qizi Zulfiyaxonim ko’rik-tanlovida Axborot texnologiyalari yo’nalishi bilan viloyat bosqichida ishtirok etib, Respublika bosqichiga yo’llanma oldi.
O'quvchimizga keyingi bosqichda omad tilaymiz.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇👇👇
https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
#Mingbuloq_IM
#Mening_Konstitutsiyam_32_yoshda

🔰 Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan  "Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi olib kirilib, Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylandi.

❇️ Tadbir davomida  Konstitutsiyamizdagi moddalar bilan bog'liq sahna koʻrinishlari va chiqishlar oʻquvchilarga bir olam zavq ulashdi. Shu bilan bir qatorda oʻquvchilarimiz ijrosidagi Konstitutsiyamiz sharafiga yangragan she'rlar, kuy-qoʻshiqlar va raqslar, barchaga birdek manzur boʻldi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan insholar, diktantlar va rasmlar tanlovida faol ishtirok etgan oʻquvchilar taqdirlandi.

❇️ Shuningdek, maktabda "Konstitutsiya tarixi" burchagi tashkil etildi va "Maʼrifat soatlar"da "Konstitutsiyani oʻrganamiz" mavzusi yoritib berildi.

👇👇👇
🌐Telegramm | 👍Facebook