NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
623 subscribers
11.2K photos
338 videos
6 files
1.75K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Jahongir Ergashev)
#Qizlar_olimpiadasi
#Namangan_tuman_IM
QIZLAR OLIMPIADASI
🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-11-sinflar o'rtasida Matematika fanidan "QIZLAR OLIMPIADASI" ning maktab bosqichi bo'lib o'tdi.
Olimpiada 2 bosqichdan iborat bo'lib, unda o'quvchi qizlar matematika faniga doir test va yozma ish topshiriqlarini bajardilar.

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
Forwarded from Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Jahongir Ergashev)
#Robo_Coding
#Namangan_tuman_IM
ROBO-CODING 1-TOPSHIRIQ
💻Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabda Robo-Coding olimpiadasining maktab bosqichi bo'lib o'tdi.
Bunda 1-topshiriq: 5️⃣8️⃣-sinflar uchun.
Lego to‘plamlari asosida chiziq bo‘ylab harakatlanuvchi robotni loyihalash
va sinash musobaqasi
9️⃣1️⃣1️⃣ sinflar uchun esa Lego to‘plami asosida to‘siqlarni aylanib chiziq bo‘yicha harakatlanish
robotini loyihalash va sinash musobaqasio'tkazildi.
🧩🧩🧩
Olimpiadaning asosiy maqsadi Agentlik tizimidagi maktablarda ta’lim
olayotgan o‘quvchilarni sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha
qiziqishlarini yanada kuchaytirish, ushbu yo‘nalishda iqtidorli o‘quvchilarni
aniqlash, ularni munosib rag‘batlantirish va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish uchun
shart-sharoit yaratishdan iborat.
♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
Forwarded from Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Jahongir Ergashev)
#Robo_Coding
#Namangan_tuman_IM
ROBO-CODING 2-TOPSHIRIQ
💻Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabda Robo-Coding olimpiadasining maktab bosqichi bo'lib o'tdi.
Bunda 2-topshiriq: Barcha jamoalar uchun. (Glider) uchirish musobaqasi bo'lib o'tdi.

🛫🛫🛫
Planer (glider) — bu dvigatel yoki boshqa harakatlantiruvchi kuchlarsiz,
aerodinamik qonuniyatlarga asoslanib havo oqimlaridan foydalanib uchadigan
qanotli uchar apparat. Planerlar oddiy havo qarshiligidan foydalangan holda
uchishni ta’minlaydi va havoda uzoq vaqt qolishi mumkin.
🛩🛩🛩
Planerlar odatda yog‘och, plastmassa, yoki shunga o‘xshash yengil
materiallardan yasaladi. Qanotlari uzun va yupqa shaklda bo‘lib, bu havo
qarshiligini kamaytiradi va havo ko‘tarilish kuchidan maksimal foydalanishga
imkon beradi.


Musobaqada barcha jamoalar o'zlarini yasagan planerlari bilan ishtirok etishdi.

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
Forwarded from Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Jahongir Ergashev)
#Robo_Coding
#Namangan_tuman_IM
ROBO-CODING 3-TOPSHIRIQ
💻Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabda Robo-Coding olimpiadasining maktab bosqichi bo'lib o'tdi.
3-topshiriq: Barcha jamoalar uchun. DASTURLASH
❇️❇️❇️
Bunda ishtirokchilar robocontest.uz platformasida turli murakkablik
darajasiga ega 5 xil masalani yechishlari kerak bo‘ladi. Har bir masala o‘zining
qiyinlik darajasi va yechishga qo‘yiladigan talablar bilan farq qiladi.
Barcha topshiriqlar robototexnika va dasturlashga
oid bo‘lib, ishtirokchilarning algoritmik fikrlash, mantiqiy yechim topish va
dasturlash bo‘yicha qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Uchta topshiriqlardan muvaffaqiyatli g'olib bo'lgan o'quvchilar viloyat bosqichiga yo''lanmani qo'lga kiritishdi bu o'quvchilarga kelgusi olimpiadalarda omad tilaymiz.

♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|