NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
633 subscribers
10.7K photos
334 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Mingbuloq_IM
#Seminar_trening

📣Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabida 1-noyabr kuni "Innovate and elevate" deb nomlangan viloyat seminari bo'lib o'tdi. Seminarga viloyatimizdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablardan maslahatchilar va ingliz tili o'qituvchilari taklif etildilar.

👩‍🏫Seminarda maktab maslahatchisi B.Ahmadaliyeva, yetakchi o'qituvchilardan F.Jo'rayeva, Sh.Oshiqova va S.Kuchkarovalar o'z taqdimotlari bilan mehmonlarga qiziqarli bo'lgan ma'lumotlar berishdi va mahorat darslari tashkillashdi.

💫 Seminar so'ngida fikr-mulohazalar bilan o'rtoqlashildi, feedbacklar tinglandi, bunday tajriba almashinuv seminarlarini ko'plab o'tkazishga kelishib olindi.

⚡️Barcha mehmonlarimizga tashriflari uchun tashakkur aytamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting😊👇👇
https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
#Jarayon
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Ixtisoslashtirilgan maktablarda Robototexnika fanining oʻqitilishi boʻyicha "Raqamli avlod Vatanimiz ertasi "shiori ostida viloyat seminar trening tashkil etildi.

♻️ Unda viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning  Robototexnika oʻqituvchilari ishtirok etdilar.Seminarga tashrif buyurgan oʻqituvchilar pedogogik va psixologik treninglarda faol qatnashdilar,loyiha ishlari bilan tanishdilar.

❇️ Do'stona ruhda qiziqarli lahzalarga boy bo'lgan bu jarayonda fikr-mulohazalar almashildi.

✳️ Seminar treningda faol ishtirok etgan Robototexnika oʻqituvchilari kelgusidagi ishlarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldilar.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/uchqorgon_im
@uchqorgon_imbot
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning tabiiy fanlar hamda matematika o‘qituvchilari uchun “Matematika va tabiiy fanlar: zamonaviy yondashuv” mavzusida seminar-treningi o'tkazildi.

♻️Tabiiy fanlarni oʻqitishda tadqiqotchilik (Inquiry-based learning) va loyihaga asoslangan taʼlim (Project-based learning)va “Matematika darslarida raqamli texnologiya resurslaridan foydalanish” mavzularidagi seminar-treningda tadqiqot ishini qanday tartibda olib borish kerak, tadqiqot bosqichlari, tadqiqotga asoslangan ta’lim va loyihaga asoslangan ta’limning afzalliklari jamoalarda ko’rib chiqildi.

📌Shuningdek, raqamli texnologiyalarni matematika o‘qitishda qo‘llashning foydalari hamda matematikada turli mavzularda maxsus raqamli texnologiyalarni qo‘llash borasida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning tabiiy fanlar hamda matematika fani o‘qituvchilari uchun “Matematika va tabiiy fanlar: zamonaviy yondashuv” mavzusida seminar-treningi o'tkazildi.

📌Jarayonlardan videolavha

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube