NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
633 subscribers
10.9K photos
334 videos
6 files
1.72K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Konferensiya
#Yosh_akademiklar_klubi

ILMIY FAOLIYATGA DASTLABKI QADAM

⚡️ Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ilmiy faoliyatga dastlabki qadam" nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda Respublikamizdagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchi va o'qituvchilaridan yuzga yaqin maqolalar kelib tushdi. Bugungi konferensiyasiyada ana shu maqola mualliflari o'zlarining dastlabki ilmiy ishlarining mohiyati bilan yig'ilganlarni tanishtirib o'tdilar.

💫 Konferensiyasiya doirasida Namangan davlat universiteti pedagogika kafedrasi mudiri pedagogika fanlari nomzodi dotsent R.A.Rahimov, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent D.D.Inamov, UBS oliygohi Til va adabiyot taʼlimi kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori N.Pazlitdinovalar ishtirok etib yosh izlanuvchilarga o'z maslahatlarini berib o'tdilar.

Maqola mualliflariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#MEMORANDUM
#Hamkorlik

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Namangan viloyatidagi UBS oliygohi o'rtasida MEMORANDUM imzolandi.

⚡️Ushbu kelishuvda oliygohning Til va adabiyot taʼlimi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori N.Pazlitdinova va maktab direktori D.Mirzayevalar ishtirok etdilar. Bu o'quvchilar uchun samarali bo'lishi shubhasiz.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Mingbuloq_IM
#Ochiq_dars

Mingbuloq tumani ixisoslashtirilgan maktabidagi salohiyati yuqori, oliy toifali va ko'plab yutuqlarga ega ustozlar qatorida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Yulduzxon Nurmatova ham o'zining alohida o'rniga ega!

Vazir ustamasi sovrindori
Yulduzxon Nurmatova o'zaro tajriba almashish maqsadida 10-sinfda "Adabiy suxbat.Folklor xalq og'zaki ijodi" mavzusida noan'anaviy dars o'tkazdi.

Dars seminar dars uslubida bo'lib, o'quvchilar mustaqil ravishda o'zlari tayyorlab kelgan xalq og'zaki ijodi namunalaridan namoyish etishdi, dars savol-javoblarga, qizg'in bahs munozarlarga boy bo'ldi. O'quvchilarni topqirligi, faolligi taxsinga sazovor.

Ustozimizga keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!


#Bizni_ijtimoiy_tarmoqlarda_kuzating👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇


https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/