NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Xon_Atlas_festivali

💥Uychi ixtisoslashtirilgan maktab

🎤 Atlas ko'ylak kiyib olsa bir bor qarang,
Uzun kokil sochlaridan hamma garang,
Otabekni Majnun qilgan shirin so'zlar,
Bizning Kumush, o'sha sodda o'zbek qizlar.

💥 Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 6-7-sentyabr kuni tashkil qilingan "Xon atlas" festivalida o‘quvchi-qizlar faol ishtirok etishmoqda.

   💥Darhaqiqat, o'zbegimning atlas-u adras kiygan sanamlari milliy liboslarda hayo bilan iymanib tursa-da, bugungi kunda aql-farosati, ilm-u zakovati, To'marisga xos mardligi bilan butun dunyoni lol qoldirmoqda.

🔎 Uychi tuman ixtisoslashtirilgan  maktabining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
https://t.iss.one/piima_uychi
https://www.facebook.com/groups/6170941039605526
#Kosonsoy_tuman_IM
#XON_ATLAS_FESTIVALI

🏢 Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 4-senyabrdagi №02-13-1753-sonli xati ijrosini ta'minlash va o‘quvchi yoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida "Xon atlas" festivali o‘tkazildi.

🖌Festival doirasida o‘quvchilar milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan milliy shoyi matolarimizdan-xon atlas, atlas, adras va shoyi matolardan tikilgan milliy liboslarimizda Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiylar timsollarini yaratdilar. Ularning ijod namunalaridan ruboiy va g'azallar, laparlar, allayu aytishuvlar aytib, naqadar ajoyib qadriyatlarimiz bor ekanligi hamda ular bilan faxrlanishimiz barobarida asl holicha saqlab kelajak avlodlarga yetkazish kerakligini namoyish etdilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#xon_atlas_festivali

Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan Xon atlasfestivali doirasida Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, modalar namoyishi, chellenjlar tashkil etildi.

Milliy liboslarimizda xalqimizning koʻp asrlik oʻtmishi, urf-odat va an'analari, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassam boʻlib, mazkur tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarimizning shu kabi madaniy ildizlarimizga ehtirom va qiziqishi yanada kuchaydi. Kiyinish madaniyati, milliy mato va liboslarimiz tarixi, moda va dizayn kabi mavzular boʻyicha bilimlari ham oshdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xon_atlas_festivali
#challenj


Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil qilingan "Xon atlas" festivali bo‘yicha videorolik.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube