NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
630 subscribers
10.7K photos
334 videos
6 files
1.7K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#kitob_eng_yaxshi_dòst_📕📘📗
#kitob_bu_qalblarni_yoritgan_chiroq_📖

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chust ixtisoslashtirilgan maktabida 2-aprel "Xalqaro bolalar kitoblari kuni" munosabati bilan kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada maktabning barcha pedagoglari, rahbar xodimlari, òquvchilar va ota-onalar ishtirok etdilar.
Yarmarkadan òrin olgan òzbek va jahon adabiyotining durdona asarlari, ilmiy va ommabop kitoblar maktab kutubxonasiga tuhfa etildi. Shuningdek, kitoblardan òquvchilar hamda òqituvchilar òzlari uchun ham oldilar.

Kitob-eng yaxshi dòst: shodligingda hamdam, dard cheksang, hamdard, yolģiz qolganingda yòldosh, dilingni eshitguvchi sirdosh, hayot yòllaringni yoritguvchi chiroq, kelajagingni kòrsatuvchi mayoqdir!!!

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati
👇

Telegram | Facebook | Instagram
#soha_qonunchiligi

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARDA STEM FANLARINI INGLIZ TILIDA OʻQITISH YOʻLGA QOʻYILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

2024/2025-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

O‘quvchilar oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etiladi;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari 13 ta hududda tashkil etiladi;

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi Oʻzbekiston" universiteti bilan integratsiyalashgan tarzda muhandislik yoʻnalishida oʻqitish yo‘lga qo‘yiladi;

Ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yilidan bosqichma bosqich STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitish tashkil etiladi;

Maktablarimizning ilgʻor va tajribali o‘qituvchilaridan iborat bo‘lgan STEM fanlari bo‘yicha fan kengashlari tashkil etiladi;

Agentlik tizimida "Bitiruvchilar kengashi" tashkil etiladi hamda har yili "Bitiruvchilar qurultoyi" oʻtkaziladi;

Oʻquvchilar oʻrtasida "Turon yoʻlbarslari" harbiy sport musobaqalari oʻtkaziladi;

Har yili umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovi oʻtkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM