NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
641 subscribers
10.3K photos
328 videos
6 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Harbiy_vatanparlik

HARBIY-VATANPARVARLIK BOʻYICHA SEMINAR

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Oʻquvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktabda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik  fanining oʻqitilishi” va “Maktabda samarali faoliyatni yoʻlga qoʻyishda ustuvor yondashuvlar” mavzularida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor oʻrinbosarlari uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda ishtirokchilar mazkur taʻlim maskanida oʻquv jarayonlarini kuzatish, faoliyatga doir normativ-huquqiy hujjatlarning yuritilishi, o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻldi.

Seminar doirasida uch avlod uchrashuvi, maktabning faol o‘quvchilari, seminar ishtirokchilari hamda xorijlik mehmonlar ishtirokida “Ustoz – bizning haqiqiy qahramonimiz” mavzusida davra suhbati ham o‘tkazildi. Shuningdek, harbiy qism bilan hamkorlikda harbiy texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
♻️"Liderlar olimpiadasi"

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizmidagi Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-sinf o'quvchilari o'rtasida "Liderlar olimpiadasi" o'tkazildi.

Quvonarlisi olimpiada  8-sinf o'quvchilari tomonidan tashkil etildi. Imtihon jarayoni shaffof va adolatli o'tishi uchun barcha o'quvchilar tekshirilib, imtihon materiallarning qat'iy nazorat ostida, belgilangan vaqt mobaynida bajarilishi o'quvchilarning o'zlari tomonidan nazoratga olindi.

Bu orqali o'quvchilar o'zlarida nafaqat mas'uliyatni, shuningdek, birgalikda jamoaviy bo'lib ishlash ko'nikmalarini (cooperation) ham shakllantirishni o'z oldilariga maqsad qilib olganlar. Umumiy natijalarga ko'ra g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.

@YangiNamanganTIM
#9_sinf
#Multi_level
#Namangan_shahar_1_IMI

💥 Sizlar bilan navbatdagi o‘quvchimizning faxrli natijalari bilan bo‘lishmoqchimiz!

🎓 Namangan shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-01-sinf o'quvchisi, yosh bo'lishiga qaramay, SARVARBEK NABIJONOV MULTI-LEVEL imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi sertifikatni qo'lga kiritdilar.

🏆 Sarvarbekka kelajakda yanada yuqori marralarga erishishlarini tilab qolamiz, natija muborak!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ⤵️
Telegram | Facebook | YouTube
#Uychi -IM
#Zakovat

ZAKOVAT INTELLEKTUAL O'YINI

Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-11-sinf o‘quvchilari va o'qituvchilar istirokida 13-mart kuni milliy qadriyatlarimizni ulug‘lovchi Navro‘z bayrani munosabati bilan Zakovat o‘yini o‘tkazildi.

Ushbu zakovat o'yinida
🥇9-02- sinf o‘quvchilar jamoasi birinchi o'rinni, 
🥈10-01sinf o‘quvchilar jamoasi ikkinchi o‘rinni,
🥉6-01- sinf o‘quvchilar jamoasi uchinch o‘rinni egalladi.

👏👏1- chi o‘rinni egallagan g‘olib jamoa- 9 -02-sinf o‘quvchilariga zakovat kubogi tantanali tarzda topshirildi.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
https://t.iss.one/piima_uychi
https://www.facebook.com/groups/6170941039605526