NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
634 subscribers
10.8K photos
334 videos
6 files
1.71K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#sport
#5_tashabbus

To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-8 va 9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida sportning mini futbol turi bo'yicha maktab birinchiligi o'tkazildi.

Musobaqada 5-8-sinf o'quvchilari o'rtasida 7-02-A sinf, 9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida esa 11-01-A sinf o'quvchilari faxrli birinchi o'rinni egallashdi. G'olib jamoalar estalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook  | YouTube I School councelor
#Jarayon
#Xalqaro_Olimpiada
#Matematika
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-aniq sinf o'quvchisi Abdullayev Shuhratjon maktab o'quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan "IMAS-2023-2024" Xalqaro Matematika Olimpiadasining mintaqaviy bosqichida ishtirok etib, g'oliblikni qo‘lga kiritdi.

Endilikda Shuhratjon ushbu xalqaro olimpiadaning yakuniy bosqichiga ustozi Sherzodbek G‘aniyey nazorati ostida tayyorlanmoqda.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Chust_IM
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti kursanti Kamoliddinov Mirsaid hamda maktabning Harbiy taʼlim rahbari va Maktab Maslahatchisi hamkorligida yuqori sinf oʻquvchilari bilan birgalikda davra suhbati o'tkazildi. Ushbu davra suhbatidan maqsad oʻquvchilarni Oliy taʼlimga yoʻnaltirish va ularga yetarlicha maʼlumot berish hisoblanadi. Suhbat davomida oʻquvchilarga aviatsiya sohasi hamda universitet haqida batafsil ma'lumot berildi, o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🏢⛳️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida

💥 “Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish to'g'risida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son farmonida belgilangan o'quvchilarga yaqin hududlalarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalarida amaliy mashg'ulotlar o'tkazish tartibini joriy etish maqsadida Namangan shahar "Mustafo sawing" MCHJ bilan tuzilgan memorandum asosida maktab psixologi va maktab maslahatchisi boshchiligida, 11-sinflar bilan birgalikda ushbu korxonaga tashrif buyurildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz ⤵️
Telegram | Facebook | YouTube
#IELTS_3_months

🔥 Sizlar bilan bu safar ham judayam ajoyib natija bilan bo'lishmoqchimiz!

🎓 Namangan shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bilimdon o‘quvchilaridan yana biri, 10-02-sinf o'quvchisi, TOLIBJON BOBOYEV ta'lim muassasamizda tashkil qilingan 3 oylik IELTS darslarini tamomladilar.

💥 Va IELTS imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, quyidagi ballarni qo‘lga kiritdilar:

🎧 Listening - 8.5
📚 Reading - 8.5
🖋 Writing - 7.0
🗣 Speaking - 6.5

📊 Overall band score: 7.5 (Really really close to 8.0)

O'quvchimizning bilimlari yanada ziyoda bo'lishini va yutuqlari kelajakda yanada bardavom bo'lishini tilab qolamiz.

🇺🇿 Natija muborak, Tolibjon!

School counselor ⬅️

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz ⤵️
Telegram | Facebook | YouTube