NAMANGAN | PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
611 subscribers
15.7K photos
441 videos
7 files
2.36K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#CEFR
#NATIJA

🔥🔥🔥 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi Toʻraqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6 nafar o'quvchilari dekabr oyidagi MULTILEVEL(ingliz tili) imtihonida qatnashib CEFR B2 milliy sertifikatlarini qo'lga kiritishdi va muddatidan avval 93 balni qo'lga kiritishdi.
Bu hali barchasi emas...

Ma'lumot o'rnida: hozirgacha yuqori sinf bitiruvchilarimiz hisobidagi til sertifikatlari soni 28 taga yetdi.

O'quvchilarni ushbu yutuq bilan tabriklab ingliz tili ustozlarga maktab ma'muriyati o'z minnatdorchiligini bildiradi.

To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
⬇️⬇️

https://t.iss.one/turakurgonpiima
https://t.iss.one/councelor_Turakurgan
👍1
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Vatanparvar" tashkiloti Uchqo‘rg‘on tumani o‘quv sport texnika klubida Mudofaa Vazirining kubogi uchun "Vatanparvarlar" harbiy sport musobaqasining tuman birinchiligi o‘tkazildi.

Beshta shartdan iborat harbiy sport musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra
40- maktabning "Burgutlar" jamoasi 🥇1 o‘rinni, Uchqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabining "O‘zbegim o‘g‘lonlari" jamoasi🥈2 o‘rinni,
23-maktabning "Mard o‘g‘lonlari" jamoasi 🥉3 o‘rinni egalladilar.

🏆G‘oliblarga "Vatanparvar" tashkilotining medallari, diplom, hamda kitoblar to‘plami topshirildi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#ёшлар_туризми_ҳафталиги

🔰 Ҳафталик мароқли ўтмоқда

▫️2024 йил 1-10 январь кунлари юртимиз бўйлаб “Ёшлар туризми ҳафталиги” ўтказилмоқда.
Айни кунларда Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлиги ҳузуридаги Туризм қўмитаси томонидан Ёшлар ишлари агентлиги, Олий таълим, фан ва инновациялар ҳамда Мактабгача ва мактаб таълими вазирликлари билан ҳамкорликда республика бўйлаб “Ёшлар туризми ҳафталиги” ўтказилмоқда. Унинг доирасида 7 ёшдан дан 30 ёшгача бўлган ўқувчи, талаба ва ёшларни мамлакатимизнинг диққатга сазовор жойларига саёҳатлар уюштирилмоқда.

Ушбу ҳафталикда Косонсой тарих музейи ҳам фаол қатнашмоқда. Ўтган вақт ичида 1200 нафардан ортиқ ўқувчи-ёшларнинг музей ва буюк аллома Махдуми Аъзам зиёратгоҳига саёҳати намунали ташкил этилди.

Бугун Косонсой туман ихтисослаштирилган мактабнинг 8-синф ўқувчилари устозлари Сайёра Пўлатова раҳбарлигида "Ўзбекистон бўйлаб саёҳат қил!" шиори остида музей бўйлаб саёҳат қилишди. Ўқувчилар 2200 йиллик тарихга эга қўҳна Косонсой заминида топилган асори атиқалар билан танишишди, ўлкамиз бой тарихи ҳақида қимматли маълумотлар олишди.

👉 Telegram | Facebook  | Instagram | Youtube
🔥1🥰1