NAMANGAN | PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
620 subscribers
15.5K photos
438 videos
6 files
2.33K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
To’raqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Vatanparvarlik oyligi munosabati bilan Pop tumanida joylashgan 07648-sonli harbiy qism vzvod komandirining tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar bo’yicha o’rinbosari leytenant J.Raxmonov, 3-darajali serjant F.Malikov hamda muddatli harbiy xizmatchilar tashrif buyurib, yuqori sinf o’quvchilari bilan davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbati davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

www.ttim.uz

| Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from NODIR AXMEDOV
#Xalqaro_sertifikat
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10.02-sinf  o‘quvchisi Umarova Sabina koreys tilini bilish darajasini belgilovchi (TOPIK1) sertifikatini  qoʼlga kiritdi.

Maktab jamoasi Sabinani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

Ota-onasi va ustozlariga rahmat.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Forwarded from NODIR AXMEDOV
#Xalqaro_sertifikat
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11.01-sinf  o‘quvchisi Mutalibov Isoqjon koreys tilini bilish darajasini belgilovchi (TOPIK1) sertifikatini  qoʼlga kiritdi.

Maktab jamoasi Isoqjonni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

Ota-onasi va ustozlariga rahmat.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarimizdagi o‘quvchilarning rekordlari — ta’lim tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun kuchli rag‘bat bo‘lib, bu O‘zbekistondagi har bir bola o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish va umumiy kelajagimizga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlaydi.

-

Рекорды наших школьников — это мощный стимул для дальнейшего развития и совершенствования системы образования, чтобы каждый ребёнок в Узбекистане имел возможность раскрыть свой потенциал и внести вклад в наше общее будущее.
💥Bugun Uchqo'rg'on tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida "Eco-Schools Uzbekistan" loyihasi doirasida maxsus trening o'tkazildi.

📌Mazkur trening davomida maktab o'quvchilari va o'qituvchilari yuqoridagi loyihaga jalb qilindi. Loyiha mentorlari tomonidan qilinishi kerak bo'lgan vazifalar haqida ma'lumotlar bilan tanishtirilib, yana yangi vazifalar belgilab berildi.

📎Barcha qiziqqan o'quvchilar o'zlariga yoqqan qadamga ovoz berib, saylov asosida erkin volantyorlik hamda co-mentorlik vazifalariga bo'lindi.

🎖Bundan tashqari, taqdimot davomida yashil bayroq haqida va maktabning yashil bayroqqa ega bo'lishi uchun nimalar qilinishi kerakligi to'g'risida ham ma'lumotlar berib o'tildi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.iss.one/eco_schools_uchkurgan
🔠🔠🔠🔠🔠🅰️🅱️🅰️🔠

#MilliySertifikat #CEFR #Multilevel

Maktabimizning 8-01 sinf oʻquvchilari Gʻopporjonova Mohlaroyim hamda Qahhorjonova Rayhonalar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilgan chet tilini bilish darajasi imtihonlarida ishtirok etib B2 darajasini qoʻlga kiritishdi.

Oʻquvchi qizlarimizni ushbu yutuq bilan tabriklab, ularning ota-onalari hamda shu natijani qoʻlga kiritishlariga bosh boʻlgan Boʻlisheva Matluba ustozga maktab maʼmuriyati nomidan ulkan minnatdorchilik bildiramiz.

🔖 @YangiNamanganTIM