NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
640 subscribers
10.6K photos
329 videos
6 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#favqulodda_vaziyatlar

Yangi Namangan tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarni favqulodda vaziyatlar va ular sodir boʻlganda toʻgʻri harakatlanishi boʻyicha bilim - koʻnikmalarini oshirish maqsadida Favqulodda vaziyatlar Namangan shahar bo'limi bilan hamkorlikda o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

O'quv mashg'uloti davomida zilzila va yong'in sodir bo'lganda qanday harakat qilish kerakligi, nohush holatlarni oldini olish bo'yicha o'qituvchi va o'quvchilarga tushunchalar berib o‘tildi.

@YangiNamanganTIM
#hamkorlik
#ota- onalar yig‘ilishi
Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024 yil 16 noyabr kuni umumiy ota -onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda maktab pedagoglari va 252 nafar ota- onalar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ota- onalarga maktab haqida umumiy ma'lumot berilib, o‘quvchilarning umumiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida gapirib o‘tildi.
Maktabining ichki tartib- qoidalari, o‘qituvchilarning umumiy odob- ahloq qoidalari, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l- transport hodisalarining oldini olish masalalari muhokama qilinib, mavzuga oid videorolik namoyish etildi.
Bituruvchi sinf o‘quvchilarining ta'limning keyingi bosqichiga jalb qilish, o‘quvchi yoshlarning psixologik holati, ota -ona va farzand o‘rtasida munosabatlar haqida ham mutaxasislar tomonidan maslahatlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!
    https://t.iss.one/piima_uychi
https://www.facebook.com/groups/6170941039605526
#Mingbuloq_IM
#Bagʻrikenglik_haftaligi

❇️Mamlakatimizda 16-noyabr – "Xalqaro bag’rikenglik kuni"ga bag’ishlab, joriy yilning 11–16 noyabr kunlari o‘tkazilayotgan “Bag‘rikenglik haftaligi" doirasida Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida "Xalqaro bag‘rikenglik kuni" hamda "Mening bag‘rikeng dunyoyim!" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

❇️Haftalik jarayonida"Mening bag‘rikeng dunyoyim" mavzusidagi eng yaxshi rasmlar tanlovi;

❇️Bag‘rikenglikni targ‘ib qiluvchi she’rlardan tashkil topgan "Shehrxonlik kechasi";

❇️9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Bag‘rikenglik mening nazdimda" mavzusidagi eng yaxshi insholar tanlovi;
❇️Oʻquvchilari o‘rtasida milliy an’ana va udumlar asosida milliy liboslar tanlovi, milliy taomlar ko‘rgazmasi, milliy kuy, raqs va qo‘shiqlar ijrosi aks etgan gala-kontsert bo‘lib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook