NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
638 subscribers
10.6K photos
331 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Robo_coding

🔠 O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 15-oktabrdagi 01-11/1-2241-son xati ijrosi yuzasidan Yangi Namangan tumani ixtisoslashtirilgan maktabida joriy yilning 14-noyabr kuni "Robo-Coding" olimpiadasi maktab bosqichi o'tkazildi.

🎛 Olimpiada 5-8 va 9-10 sinf o'rtasida tashkil etilib musobaqada 12 nafar o'quvchi ishtirok etdi.

👨‍👧‍👧 Musobaqa g'oliblari va ishtirokchilari o'rtasida maktab terma jamoasi shakllantirildi.

🔖 @YangiNamanganTIM
#labaratoriya_
#Yangi Namangan_TIM

Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari labaratoriya mashgʻulotini Oʻzbekiston Resbublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun"ga bagʻishladilar.

O'quvchilar labaratoriya  jarayonida o'zlari moddalar aralashmasidan bayroq ranglarni hosil qilishdi va millatimiz bayrogʻining naqadar gʻurur bagʻishlaganini oʻz mashgʻulotlarida ifodalashdi.

Bizni kuzatib boring⬇️⬇️⬇️
@YangiNamanganTIM
#favqulodda_vaziyatlar

Yangi Namangan tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarni favqulodda vaziyatlar va ular sodir boʻlganda toʻgʻri harakatlanishi boʻyicha bilim - koʻnikmalarini oshirish maqsadida Favqulodda vaziyatlar Namangan shahar bo'limi bilan hamkorlikda o'quv mashg'uloti tashkil etildi.

O'quv mashg'uloti davomida zilzila va yong'in sodir bo'lganda qanday harakat qilish kerakligi, nohush holatlarni oldini olish bo'yicha o'qituvchi va o'quvchilarga tushunchalar berib o‘tildi.

@YangiNamanganTIM
#hamkorlik
#ota- onalar yig‘ilishi
Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024 yil 16 noyabr kuni umumiy ota -onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda maktab pedagoglari va 252 nafar ota- onalar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ota- onalarga maktab haqida umumiy ma'lumot berilib, o‘quvchilarning umumiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida gapirib o‘tildi.
Maktabining ichki tartib- qoidalari, o‘qituvchilarning umumiy odob- ahloq qoidalari, o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘l- transport hodisalarining oldini olish masalalari muhokama qilinib, mavzuga oid videorolik namoyish etildi.
Bituruvchi sinf o‘quvchilarining ta'limning keyingi bosqichiga jalb qilish, o‘quvchi yoshlarning psixologik holati, ota -ona va farzand o‘rtasida munosabatlar haqida ham mutaxasislar tomonidan maslahatlar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!
    https://t.iss.one/piima_uychi
https://www.facebook.com/groups/6170941039605526