NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
639 subscribers
10.6K photos
329 videos
6 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Mingbuloq_IM
#Seminar_trening

📣Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabida 1-noyabr kuni "Innovate and elevate" deb nomlangan viloyat seminari bo'lib o'tdi. Seminarga viloyatimizdagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablardan maslahatchilar va ingliz tili o'qituvchilari taklif etildilar.

👩‍🏫Seminarda maktab maslahatchisi B.Ahmadaliyeva, yetakchi o'qituvchilardan F.Jo'rayeva, Sh.Oshiqova va S.Kuchkarovalar o'z taqdimotlari bilan mehmonlarga qiziqarli bo'lgan ma'lumotlar berishdi va mahorat darslari tashkillashdi.

💫 Seminar so'ngida fikr-mulohazalar bilan o'rtoqlashildi, feedbacklar tinglandi, bunday tajriba almashinuv seminarlarini ko'plab o'tkazishga kelishib olindi.

⚡️Barcha mehmonlarimizga tashriflari uchun tashakkur aytamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting😊👇👇
https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
#mehnatkash_jamoa

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchilarni ozoda muhitda bilim olishlarida oʻz hissasini qoʻshib, maktabimiz hududini tozaligini ta'minlashda, jamoat ishlarida faolligi, mehnatsevarligi, fidoiyligi uchun maktab direktori tomonidan faoliyat olib borayotgan tex xodimlarimiz tashakkurnoma bilan taqdirlandilar

Telegram Instagram Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 8-noyabr!

Havas, xursandchlik va e’tiroflar kuni sifatida ko‘plab insonlarning yodida qoldi.

122 medal!

Bu tarixiy rekord! Qancha faxrlansak oz, xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 medalni qo‘lga kiritishdi.

9 mlrd so‘m!

Bu viloyat, respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz va ularning ustozlarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan ajratilgan summa.
Xususan, eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
– oltin medal sohibiga – 187,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 168,75 mln soʻm;
– kumush medal sohibiga – 112,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 93,75 mln soʻm;
– bronza medal sohibiga – 75 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 56,25 mln soʻm berildi.

Bu hali hammasi emas!

Ushbu medal egalari davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadi, ustozlariga esa kelgusi oʻquv yili uchun 200 foizgacha ustama belgilanadi va toʻgʻridan toʻgʻri oliy malaka toifasi taqdim qilinadi. Nufuzli xalqaro olimpiada gʻoliblari keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib gʻolib boʻlgan fanidan dars bergan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.

Bu katta natija!

O‘quvchilarimiz nafaqat ota-onasi va ustozlari, balki Prezidentimiz ishonchini ham oqladi. Bugungi raqamlar ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlarning shirin mevasi bo‘ldi, desam adashmagan bo‘laman.

@hilola_umarova
#Mingbuloq_IM
#FVB_hamkorlik
#Maxsus_taktik_mashq

❇️Bugun Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentyabrdagi 754-sonli qaroriga asosan "Zilzila natijasida yongʻin va portlash yuzaga kelgan obyekt rahbariyati va qutqaruv tuzilmalarining harakati" mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

❇️ Oʻtkazilgan oʻquv mashqi davomida barcha xizmatlar oldiga qoʻyilgan vazifalarni haqqoniy olib bordi.

❇️Oʻquv mashqiga jami 112 nafar ishtirokchi va kuzatuvchi hamda 6 ta maxsus texnika jalb qilindi.

❇️Oʻquv mashqi yakunida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va erishilgan yutuqlar toʻgʻrisida mutaxassislar tushuntirish berishdi.

Bizni kuzatib boring⬇️⬇️⬇️

🌐Telegramm | 👍Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangan shahridagi Prezident maktabining sobiq bitiruvchisi, Qozog’iston, Indoneziya hamda Misrda bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadalar ishtirokchisi, kumush va bronza medallari sovrindori Husanboy Mansuraliyev onasining faxrga to‘la so‘zlari

Ta’kidlash joizki, 2023-2024-oʻquv yilida Oʻzbekiston maktab oʻquvchilari tomonidan xalqaro fan olimpiadalarida jami 122 medal qoʻlga kiritildi. Bu natija hozirga qadar erishilgan eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.
Intilishdan yuksalgan ZAKOVAT

Kuni kecha 9.11.2024 kuni Chust tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ustozlarimizni kuzgi taʼtildagi vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan "ZOʻRLAR ZOʻRI" deb nomlangan zakovat intelektual oʻyini shiddatli bahs-munozaralar, keskin burilishlar, koʻtarinki kayfiyat bilan oʻtdi
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Ustozlarimiz juda ham chiroyli oʻyin koʻrsatishdi va unutilmas yorqin lahzalar ato etishdi.
💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥
Turnirda filologlarimiz "Agata Kristi" nomi ostida, Matematiklarimiz "Algoritm" nomi bilan hamda tabiiy fanlar metod birlashmasi "Elegant" nomi bilan bahslarda ishtirok etishdi.
👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏
Oʻyin natijalariga koʻra
1-o'rin - "Algoritm" (13 ochko)
🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇🥇
2-o'rin - "Agata Kristi" (11 ochko)
🥈🥈🥈🥈🥈🥈🥈🥈🥈🥈
3-o'rin - "Elegant" (8 ochko)
🥉🥉🥉🥉🥉🥉🥉🥉🥉🥉
Demak, diqqat: ushbu turnirimizning ZOʻRLAR ZOʻRI nominatsiya boʻyicha gʻolib...
🎼🥁🎷🎺🎺🥁
TURNIRDA ISHTIROK ETGAN BARCHA JAMOALAR HAMDA MUXLISLIK QILISH UCHUN TASHRIF BUYURGAN BARCHA USTOZLAR!!!
🏵🏵🏵🏵🏵🏵🏵🏵🏵
🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸🌼🌸