NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
632 subscribers
10.9K photos
335 videos
6 files
1.72K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Eco_Schools_Uzbekistan

🏢Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi, Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasini 2024-yilda amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlangan.

🌍Joriy yilning 15-oktabr kuni “Butunjahon oziq-ovqat kuni” munosabati bilan Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilariga biologiya fani o‘qituvchilari Javohir Qosimov, Feruza Jabborova, geografiya fani oʻqituvchisi Gulchexra Artiqovalar tomonidan ochiq dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🌎 Bosh Assambleya mazkur hujjatda hukumatlar, milliy, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlarni ushbu kunni keng miqyosda yuqori darajada nishonlashga chaqiradi.


 👇🏢👇🏢👇🏢👇🏢👇
@ChortoqTIM - birgalikda yuksalamiz!
🏢 Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning  35 yilligi munosobati bilan “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga doir chora-tadbirlar dasturi doirasida 8- sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Til-millat koʻzgusi" shiori ostida “Til bilimdonlari” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.

🟢 Mazkur tanlovda 8-"02"- sinf o'quvchilari 1-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

🟢 Yuqori koʻtarinkilik bilan tashkil etilgan tanlovda oʻquvchilar 4 ta shart boʻyicha bellashdilar. Bunda oʻquvchilar ona tilimizni ulugʻlovchi sherlar, soʻzlarni tahlil qilish, badiiy asarlar tahlili, sardorlar baxsi kabi shartlarda oʻzaro bellashdilar

 👇🏢👇🏢👇🏢👇🏢👇
🕊 @ChortoqTIM - birgalikda yuksalamiz!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Butun_jahon_oziq_ovqat_kuni
#Eco_Schools_Uzbekistan

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "15-oktyabr Butun jahon oziq-ovqat kuni" munosabati bilan o'tkazilgan amaliy mashgʻulotlardan videolavha.
#òquvchi_yoshlar_halollik_tarafdori
#psixologik_trening


Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "O'quvchi yoshlar halollik tarafdori" shiori ostida maktab psixologi N.Salmonova tomonidan "Halollik va axloqning kasb tanlashdagi ahamiyati" mavzusida 8-sinflar uchun psixologik trening tashkil etildi.

Treningdan kòzlangan maqsad esa o'quvchi yoshlarni hayot yòllarida halollik, adolat va mas'uliyat bilan qarashlarini shakllantirishdir.

Telegram Instagram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Shahzoda Abdullayeva Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 10 - sinf o‘quvchisi. Barcha fanlarni qunt bilan o‘rganayotgan bo‘lajak tilshunos rus, ingliz, koreys tillarini puxta o‘zlashtirgan. Qolaversa, nasr, nazmdagi ijodiy ishlari bilan AQSH, Germaniya, Afrika nashrlarida ham muntazam qatnashib keladi. Oldiga katta maqsadlar qo‘ygan o‘quvchi koreys tilidan xalqaro SKA sertifikatini qo‘lga kiritgan bo‘lib, yaqin kunlarda Seulga ketish taraddudida. Kelajakda xorij davlatlarida o'zbek tilini o'qitishni va keng targ'ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati