NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
639 subscribers
10.6K photos
329 videos
6 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#ustozlar_sizga_ta'zim

🏢 Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 1-oktabr"Ustoz va murabbiylar"kuni bayram munosabati bilan "Ustozlar sizga ta'zim" nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
🟢 Tadbirda maktabning 7-10- sinf o'quvchilari o'zlarining badiiy chiqishlari bilan ustozlarga xuhshkayfiyat ulashishdi.

🟢 Tadbir davomida yangragan kuy- qo‘shiqlar,  diltortar raqslar ustozlarni kayfiyatini ko‘tarib o‘z kasbiga bo‘lgan faxr- iftixor tuyg‘usini yanada orttirdi. "Ustozga ebtirom" nomli sahna ko‘rinishi ustozlarga ko‘tarinki bayramona kayfiyat  bag‘ishladi.

🟢"Sizga ta'zim ustozlar" deb nomlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.
 
@ChortoqTIM - birgalikda yuksalamiz!
#qadri_baland_oʻzi_ulugʻ_ustozim

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barcha ustozlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi!

Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻgʻil-qizlarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni zabt etadigan, yetuk salohiyatli, milliy gʻururi baland, Vatanga muhabbati cheksiz insonlar boʻlib ulgʻayishadi.

Olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, yutuq va zafarlar, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Vazirlik tizimida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

👉 Qarorga asosan, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.

Markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

iqtidorli hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qiziqadigan oʻquvchilarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi isteʻdodni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

xalqaro va respublika miqyosida maktab fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiada, musobaqa va tanlovlarni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

olimpiadalar oʻtkazish boʻyicha xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ushbu sohadagi ilgʻor xorijiy tajribalarni respublika miqyosida ommalashtirish.


2025-yil 1-oktabrga qadar:

Markazda fanlar boʻyicha amaliy topshiriqlarni oʻtkazish uchun zamonaviy asbob-uskunalar va xomashyo materiallari bilan toʻliq jihozlangan laboratoriya tashkil qilinadi.

2025-yildan boshlab:

5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;

asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini jamoaning natijasiga qarab ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi;

terma jamoalar rahbari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

asosiy olimpiadalarning hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar, ularning oʻqituvchilari va terma jamoa rahbarlariga toʻlanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovgʻalar daromad soligʻidan ozod etiladi;

xalqaro olimpiadalarda qatnashish uchun jalb etiladigan nomzodlar oʻquv yigʻinlari davrida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul oziq-ovqat va yotoqxona bilan taʼminlanadi.

2025-yil 1-mayga qadar:

asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblariga medal berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik hissini shakllantirish, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash yoʻnalishida — Buyuk Sharq Renessansi xalqaro olimpiadasi;
matematika va informatika yoʻnalishida — Al Xorazmiy nomidagi yoshlar turkiy olimpiadasi;
kimyo yoʻnalishida — Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi;
fizika yoʻnalishida — Ahmad al-Fargʻoniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasi;
biologiya yoʻnalishida — Abu Ali Ibn Sino nomidagi Xalqaro biologiya olimpiadasi oʻtkazib borilishi belgilandi.
#Jarayon
#Memorandum
#KosonsoyIM

Bugun 2-oktyabr kuni Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Mikrokreditbank ATB Kosonsoy filiali bilan memorandum imzolandi.

🧩 Bu Memorandum ixtisoslashtirilgan maktabning aniq fanlar yoʻnalishidagi oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish uchun, va bank sohasida ishlamoqchi boʻlgan oʻquvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun katta yordam beradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Forwarded from Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi (Jahongir Ergashev)
#Hamkorlik
#Mahorat_darslari

2024-yil 1-aprel kungi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog'ini kengaytirish va ularni faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PF-55 sonli Prezident farmoni hamda 2024-yil 30-iyul kungi "Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tizimidagi maktablarda o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning yangi tizimini joriy etish to'g'risida" gi qo'shma qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman Milliy Gvardiya bo'limi bilan hamkorlikda 10-11 sinf o'quvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.
  
♻️♻️♻️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
#Jarayon
#Zakovat

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tafakkur mashqi bo'lgan Zakovat intellektual o'yinining 3-turi bo'lib o'tdi.

⚡️Qizg'in bahslarga boy bo'layotgan jarayonda o'quvchilar faollik bilan ishtirok etmoqdalar.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im