NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
609 subscribers
11.9K photos
361 videos
6 files
1.83K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Taqdirlash
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari ilm-fan va sportning turli yo'nalishlarida muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqdalar.

5-6-sentabr kunlari Namangan viloyati "Barkamol avlod" bolalar va o'smirlar markazi tomonidan tashkil etilgan "Yosh konstruktor" tanlovida maktabimizning 9.02-sinf o‘quvchisi Asqaraliyev Firdavs g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Maktabda tashkil etilgan tadbirda Firdavs va uning ustozi Azimjon Ismoilovga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sportning jiu-jitsu turi boʻyicha oʻtkazilgan mintaqaviy Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan Gulmira Sobirjonova sport federatsiyasining diplomi bilan taqdirlandi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Ijodiy_uchrashuv
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Nihol" mukofoti sovrindori, el suygan san’atkor Guljahon Xolxo‘jayeva bilan Ijodiy uchrashuv tadbiri bo'lib o'tdi .

Uchrashuvda Guljahon Xolxo‘jayeva san’at sohasidagi faoliyati, ijod yo‘lidagi tinimsiz mehnati hamda o‘qib izlanishlarga boy O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasidagi talabalik hayoti haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi.

Tadbir jo‘shqin kuy va qo'shiqlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
# psychologist_time
# ixtisoslashgan _maktab

Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 7-A-02-sinf o’quvchilari bilan “Yangi o’quv yilidagi orzu va maqsadlar” nomli trening mashg’uloti o’tkazildi. Kelgusidagi rejalar bo’yicha suhbat olib borildi. Muloqot jarayonini faollashtirish maqsadida “Orqadagi yozuvlar” mashg’uloti o’tkazildi.
Maqsad: O’quvchilarni kreativ fikrlashini oshirish, muloqotchanlik jarayonini faolashtirish, kelajakka ishonch hissini oshirish

Treningni maktab psixologi M.Shoxobiddinova tomonidan olib borildi. So’ng o’quvchilarda katta energiya va shijoat bilan kunni boshlashdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Test_sinovi
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinf o'quvchilaridan tegishli fanlar kesimida diagnostik test sinovlari o‘tkazildi .

Sinovlarda o‘quvchilar kelgusida o‘zlari tanlagan yo‘nalish imtihonlariga kerak bo'ladigan asosiy va majburiy fanlardan test topshiriqlarini bajardilar.

Ushbu sinovlar maktab maslahatchisi Shuhratjon Sultonov tomonidan tashkil etildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
# Uychi ixtisoslashtirilgan maktab
#Zakovat Ustozlar bahsi.

📚Bugun Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘qituvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, izlanuvchanlikka, o‘z ustida ishlashga chorlash maqsadida
"Zakovat" o‘yinlari o‘tkazildi.
📚Ustozlar 3 guruxga bo‘linib o‘zaro bahslashdilar.
🏆Natijalarga ko‘ra:
3- o‘rinni " Intellekt" jamoasi, 2- o‘rinni " Yangi O‘zbekiston" jamoasi, 1- o‘rinni esa "Everest" jamoasidagi ustozlar qo‘lga kiritdi.
🔎 Uychi tuman ixtisoslashtirilgan  maktabining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇
https://t.iss.one/piima_uychi
https://www.facebook.com/groups/6170941039605526