NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
634 subscribers
10.8K photos
334 videos
6 files
1.7K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
Namangan viloyatidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-Internetlari to'g'risida.

🔹15 ta maktab.
🔹5098 nafar o'quvchi.
🔹578 nafar o'qituvchilar.
🔹 100% Oliy ta'limga kirish.
🔹Sertifikat va yutuqlar.
#Xushxabar
#Natjalarimiz

⚡️ Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 7.03-sinf o'quvchisi Abdumannabova Marjona ingliz tilidan IELTS sertifikatiga ega bo'ldi.

Marjonaning kelgusi o'qishlariga omad tilaymiz

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#Norin_IM
#Jarayon
#Davra_suhbati

KITOB - HAYOT  KO'ZGUSI.

📚📚📚 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda ular qalbida kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida  "ERTAKLAR - YAXSHILIKKA YETAKLAR " nomli suhbat 5-01A sinf o'quvchilari bilan birgalikda o'tkazildi. Suhbat davomida o'quvchilar o'zlarining sevimli ertak qahramonlari haqida so'zlab berdilar.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube
#Sog‘_tanda_sog‘lom_aql
#Kosonsoy_TIM

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida shaxmatni keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida shaxmat-shashka to‘garagi tashkil etilgan.

To‘garak mashg‘ulotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi A.G‘ofurov murabbiyligida olib borilmoqda.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Taqdirlash
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari ilm-fan va sportning turli yo'nalishlarida muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqdalar.

5-6-sentabr kunlari Namangan viloyati "Barkamol avlod" bolalar va o'smirlar markazi tomonidan tashkil etilgan "Yosh konstruktor" tanlovida maktabimizning 9.02-sinf o‘quvchisi Asqaraliyev Firdavs g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Maktabda tashkil etilgan tadbirda Firdavs va uning ustozi Azimjon Ismoilovga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sportning jiu-jitsu turi boʻyicha oʻtkazilgan mintaqaviy Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelayotgan Gulmira Sobirjonova sport federatsiyasining diplomi bilan taqdirlandi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab