NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
630 subscribers
10.6K photos
332 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)
⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️Abituriyentlar 2024–2025-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e'lon qilingandan so‘ng uni shaxsiy kabinetlari orqali bilish bilan birgalikda, 5100 raqamiga ID raqamini jo‘natib ham aniqlashlari mumkin.

❇️ Abituriyentlarda natijalarni kutmasdan ham hozirdan 5100 raqamiga SMS so‘rovini yuborish imkoniyati mavjud. Bunda abituriyentga natijalar e'lon qilingandan so‘ng SMS-xabarnoma (xizmat pulli, bitta SMS narxi 3 000 so‘m) keladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muvaffaqiyat
#Sogʻ_tanda_sogʻlom_aql
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11.01-aniq sinfi oʻquvchisi Sobirjonova Gulmira Qozog'iston Respublikasi Chimkent shahrida sportning jiu-jitsu turi boʻyicha oʻtkazilgan mintaqaviy Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Gulmira Oʻzbekiston musobaqa tashkilotlarchilari tomonidan III darajali diplom va bronza medali bilan taqdirlandi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
to'g'ridan_to'g'ri_3_bosqichga_o'tgan_pedagoglar_ro'yxati.pdf
981.3 KB
#tanlov
#ishga_taklif

🔔 PEDAGOG O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga tanlov eʼlon qilgan edi.

📝 Bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan o‘qituvchilar yuqorida ilova qilinayotgan jadvallar asosida tanlovning 2-bosqichi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3-bosqichga o‘tganligini bilishi mumkin.

📍Tanlovning 2-bosqichi (test) joriy yilning 22-avgust kuni hududlardagi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining toifa testlari o‘tkaziladigan binolarida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning 3-bosqichida (suhbat) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish imkoniyati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan toifa testlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchilarga berildi.

🪪 Tanlovning 2-bosqichida ishtirok etadigan nomzodlardan test jarayoniga o‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishingiz so‘raladi.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_eʼlon

🔔 IKKINCHI BOSQICHGA
TAVSIYA ETILGAN PEDAGOG O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!

📆 Joriy yilning 22-avgust kuni ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkaziladigan test (tanlovning 2-bosqichi) quyidagi vaqtlarda o‘tkaziladi:

1. Fizika/Matematika/Informatika - soat 09:00;

2. Kimyo/Biologiya/Ingliz tili/Ona tili/Rus tili/San'at - soat 11:00;

3. Tarix/Tarbiya/Geografiya/Jismoniy tarbiya/Texnologiya - soat 13:00;

4. O‘zbek tili/Qoraqalpoq tili - soat 15:00.

📍Test jarayonlari bo’lib o’tadigan manzillar.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NAMANGANDA “MEZONLARGA ASOSLANGAN YANGI BAHOLASH TIZIMI” MAVZUSIDAGI O‘QUV-TRENINGGA START BERILDI

Yangi Namangan tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lib o’tayotgan mazkur treningda viloyatdagi 160 nafar maktab direktorlari va ularning o’rinbosarlari ishtirok etmoqda. Ularga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarning bilimini formativ va summativ baholash tizimi bo‘yicha trening mashg’ulotlari olib borildi. Unda pedagoglarga yangi tartib doirasida baholash mezonlari, qulaylik va afzalligi borasida tushunchalar berilib, amaliyotda tadbiq etilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Yangi o‘quv yilidan mazkur baholash tizimi joriy etiladigan maktablar sonini 52 taga ko‘paytirish hamda viloyat bo‘yicha 80 taga yetkazish belgilangan.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab t’limi boshqarmasi Axborot xizmati