NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
617 subscribers
11.4K photos
343 videos
6 files
1.78K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
NAMANGANLIK BESH NAFAR O‘QUVCHI AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARIDA O‘QISH IMKONIYATIGA EGA BO‘LDI

Xalqaro ta’lim bo‘yicha AQSH kengashlarining FLEX almashinuv dasturi bu yilgi g‘oliblari aniqlandi. Quvonarlisi, mamlakatimiz bo‘ylab 35 ming nafardan ziyod nomzod ishtirok etgan mazkur tanlovda Namangan shahridagi Prezident maktabi, 7-, 34-, Davlatobod tumanidagi -58, Yangi Namangan tumanidagi 2-maktabning o‘quvchi – yoshlari bir yil davomida AQSHda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilda respublika bo‘yicha FLEX g‘oliblari 57 nafarni tashkil etdi

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣📣📣📣📣

❗️O‘Z SOHASIDA YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN PEDAGOG KADRLAR DIQQATIGA!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 5–15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Hurmatli rahbar va pedagog kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂Talab etiladigan hujjatlar:
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

👨‍🏫 Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📆Hujjatlarni 5–15-avgust (shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_hujjatlari_targʻiboti

QONUN HUJJATLARI TARG‘IBOTI

Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurash targ‘ibotiga bag‘ishlangan muloqot tashkil etildi.

Bunda ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi, mazkur Qonunda manfaatlar to‘qnashuvi kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilganligi, qonunning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi.
Bu kabi holatlarni oldini olish lozimligi eslatib o'tildi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#qabul_2024
#sport_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Parij_2024

🥊 Bahodir Jalolov havaskordan professional boksga o‘tganini e’lon qildi

📍Parij-2024 boks bahslarining so‘nggi final uchrashuvi Bahodir Jalolov va ispaniyalik Ayub Gadfa o‘rtasida bo‘lib o‘tgach, o‘zbekistonlik bokschi muhim qarorini rasman e’lon qildi.

🪪 Eslatib o‘tamiz, Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Ota_onalar_yigʻilishi

NORIN TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI

🏢 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 14-avgust kuni yangi 2024-2025-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan ota-onalar yigʻilishi oʻtkazildi.

📎 Ota-onalar yigʻilishida oʻtgan oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar hisoboti, yangi oʻqv yilida amalga oshilishi rejalashtirilgan ishlar, yuqori sinf oʻquvchilarini OTM ga yoʻnaltirish va amalga oshirish mexanizimi masalalari koʻrib chiqildi.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube
Forwarded from Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ( ITMA ) (Sarvinoz G'ofurjonovna Uchqoʻrgʻon IM)