Forwarded from Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY (MARDON)
QABUL IMTIHONLARI BOSHLANDI
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi yangi o’quv yili uchun uchta shartda bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichlariga start berdi. 7- sinfga 20 ta o’quvchi qabul qilinadigan mazkur ta’lim maskaniga joriy yilda hujjat topshirgan talabgorlar 601 nafarni tashkil etmoqda. Tanlov darajasi shunchalik balandki, birgina o‘rin uchun 30 nafar bola raqobatlashmoqda va bu respublikadagi Ijod maktablari ichida eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etdi. Shaffof va adolatli tarzda o’tkazilayotgan jarayonlarda bugun barcha ishtirokchilar saralash bosqichining 1- topshirig’ini bajardilar. Unga ko’ra o’quvchilar belgilangan rasmga ingliz tilida ijodiy matn yaratishdi.
Ta'kidlash joizki, sinovning 2-bosqichi 29-iyundan 2-iyulga qadar o’tkaziladi.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar!
Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir.
Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda.
Aziz jurnalistlar!
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz.
Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eʻtirof
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
Xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirovni Garvard universitetiga o‘qishga qabul qilinganini e’tirof etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar o‘zini oqlayotganini ta’kidladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

#Xushxabar
#Mingbuloqlik_bitiruvchi
#Respublika_qurultoyida
❇️ 2024-yil 24-27-iyun kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan "III-renessans bunyodkorlari" nomli Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari qurultoyi boʻlib oʻtdi.
❇️Qurultoyda Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Azizbek Turgʻunov ham ishtirok etib, Respublika miqyosida yuqori natijalarga erishganligi uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.U.Umarova hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.T.Ubbiyevlar tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi.
❇️ Mingbuloqlik Azizbek Turgʻunovga kelgusi oʻqishi va ishlarida omad va ulkan zafarlar doim hamroh boʻlsin!
➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook

#Butunjahon_yoshlar_festivali
#Prezident_maktablari_paviloni
⚡️ KUTIB OLING PIIMANOID!
Toshkent shahrida Butunjahon yoshlar festivali doirasida Yoshlar shaharchasi tashkil etilib, “Prezident maktablari” paviloni ochilgani haqida xabar bergan edik.
Bugun ushbu pavilonda Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan Agentlikning ilk gumanoid roboti – PiimaNoidning birinchi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
PimaNoidni yaratishda Agentlik tizimidagi barcha – 205 ta maktab jamoasi oʻz hissasini qoʻshdi. Ya’ni har bir maktabimiz zamonaviy 3D printerlar bilan jihozlangan boʻlib, taʼlim maskanidagi mutaxassislar hamda o‘quvchilar robotning oʻzlariga taqsimlangan qismlarini ushbu zamonaviy qurilma yordamida chop etishdi va markazga yuborishdi.
Shuni ham aytib oʻtish kerakki, ushbu loyiha doirasida joriy yilning aprel oyida Agentlik mutaxassislari tomonidan barcha hududlarda oʻquv-seminarlari tashkil etilib, oʻqituvchilar, robototexnika toʻgaraklari rahbarlarining bilim va malakalari oshirildi.
Hozirgi vaqtda PiimaNoid harakatlanadi, ingliz tilida muloqot qiladi. Keyingi bosqichlarda robot yanada takomillashtirilib, oʻzbek tilidagi topshiriqlarni ham bajarishi yoʻlga qoʻyiladi. Qolaversa, uni oʻzbek tilida gapirtirish ham rejalashtirilgan.
Aytishimiz mumkinki, PimaNoid sinov jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi va endilikda uning nusxalarini barcha maktablarimiz oʻzlarining zamonaviy 3D printerlardan foydalanib mustaqil yaratish imkoniga ega.
PiimaNoid Butunjahon yoshlar festivali ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotganini inobatga olgan holda ushbu robot haqida keyinchalik yanada batafsil maʼlumot berishni rejalashtirdik.