NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
621 subscribers
11.3K photos
338 videos
6 files
1.76K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Xushxabar
#CEFR

⚡️ Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'qituvchi va o'quvchilari birin-ketin ingliz tili fanidan CEFR sertifikatlarini qo'lga kiritmoqdalar.

Jumladan
6.02-sinf o'quvchisi Xo'djayev Salohiddin Sardorbek o'g'li B2;
10.02-sinf o'quvchisi Anvarov Davrbek Avazbek o'g'li B2;
11.01-sinf o'quvchisi Najmiddinova Xusnida B2;
Dadaxonova Madina Rustamjon qizi oliy toifali ingliz tili oʻqituvchisi C1 darajadagi sertifikat sohibi bo'ldilar.

Yaxshi xabarlar davom etadi.

👇👇👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
@murojaat_imbot
https://t.iss.one/uchqorgon_im
#ingliz_tilidan_natija_🎉🎉🎉
#cefr_muvaffaqiyat_🎆🎆

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chust ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi ingliz tili fanidan natijalar!!!
Ingliz tili fani òqituvchisi Madina Rustamova C1 sertifikatini muvaffaqiyatli yangiladi, ya'ni yana bir karra munosib ekanligini isbotladi!
11.02 guruhi òquvchisi Dilshodbek Rahmonov B2 darajaga, 9.01 guruhi òquvchisi Mubina Jamshidova ham B2 darajaga ega bòldilar!!!
Ushbu natijalar sababchisi bòlgan ingliz tili fani òqituvchilarimizni ham tabriklaymiz!!!

Haq yòlinda kim sanga bir harf òqutmish ranj ila,
Aylamak bòlmas ado oning haqin yuz ganj ila!

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati 👇

Telegram | Facebook | Instagram
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

IJOD MAKTABLARIGA IMTIHON BOSQICHLARI

Ona tili va adabiyot yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test.

Xorijiy til yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test

❗️Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari 27-iyun kunidan boshlanadi.

📍Imtihon boʻlib oʻtadigan manzillar hamda boshlanish vaqti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi!

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Bitiruvchilar_qurultoyi

⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDI

Bugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi.

📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi.

✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM