NAMANGAN | PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
631 subscribers
15.3K photos
437 videos
6 files
2.31K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Prezident maktablariga,
Ijod maktablariga,
Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish mudddati tugashiga 5 kun qoldi.

📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
Ota-onalar uchun yanada qulaylik!

🗣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali hamda Namangan viloyatidagi barcha Agentlik tizimidagi maktab binolarida hujjatlarni ONLAYN topshirish uchun ko'maklashuvchi SHTABlar tashkil qilindi.

❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring.

Maktab lokatsiyalari:
🩸Namangan shahridagi Prezident maktabi
🩸Ibrat ijod maktabi
🩸Namangan shahar 1-son IMI
🩸Chortoq tuman IM
🩸Chust tuman IM
🩸Kosonsoy tuman IM
🩸Mingbuloq tuman IM
🩸Namangan tuman IM
🩸Norin tuman IM
🩸To‘raqo‘rg‘on tuman IM
🩸Uchqo‘rg‘on tuman IM
🩸Uychi tuman IM
🩸Yangi Namangan tuman IM
🩸Yangiqo‘rg‘on tuman IM

Telegram kanalimizni kuzatib boring
#pop_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣 POP TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILINADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Maktabimizga aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5, 6, 7, 8 ,9 ,10-sinfga o'quvchilar imtihon asosida qabul qilinadi.

5-6-7-sinf o'quvchilariga matematika va ingliz tili fanlaridan;

8-9-10-sinf o'quvchilariga matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan kirish imtihonlari o'tkaziladi.


https://t.iss.one/piima_namangan
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

IJOD MAKTABLARIGA IMTIHON BOSQICHLARI

Ona tili va adabiyot yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish;
2-bosqich: ijodiy suhbat;
3-bosqich: ona tili va adabiyoti fanidan 20 ta test, ingliz tili fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test.

Xorijiy til yoʻnalishiga:
1-bosqich: ijodiy matn yaratish (xorijiy tilda);
2-bosqich: ijodiy suhbat (xorijiy tilda);
3-bosqich: xorijiy tildan 20 ta test, ona tili va adabiyoti fanidan 15 ta test hamda intellektual qobilyat darajasi boʻyicha 15 ta test

❗️Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari 27-iyun kunidan boshlanadi.

📍Imtihon boʻlib oʻtadigan manzillar hamda boshlanish vaqti boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi!

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#qabul_2024
#sport_maktablari

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi:

📍Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 5–6 hamda 9–10-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi;

📍Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-sinflar uchun hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

🪪 Oʻquvchilarning hujjatlari Agentlikning ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda qabul qilinadi.

📝 Talab etiladigan hujjatlar:

oʻquvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi (mavjud boʻlsa fuqarolik pasporti) va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti maʼlumotlari, bogʻlanish uchun telefon raqamlari;
086-U shakldagi tibbiy maʼlumotnoma.

🗣Maʼlumot oʻrnida, sport maktablariga oʻquvchilar ikki bosqich (kasbiy (ijodiy) imtihonlari va test sinovlari) asosida har bir sinfda oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan hamda 24 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 7-avgustidan 25-avgustigacha davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_xati #talabalik

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf bitiruvchisi Samiyev Abdurauf Amerika Qoʻshma Shtatlarining Massachusetts College of Pharmacy and Health Sciences (MCPHS) Universitetiga tibbiyot yoʻnalishiga muddatidan avval oʻqishga qabul qilinib talaba boʻldi. Ushbu yutuq bilan oʻquvchimizni tabriklaymiz hamda kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz

Telegram Instagram Facebook
#Prezident_maktablari
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2025

📣 OCHIQ ESHIKLAR KUNI
  
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

Ochiq eshiklar kunida:
Prezident maktabi haqida taqdimot;
Qabul jarayonlari haqida savol-javob;
Qiziqarli mashg‘ulotlar;
Maktab binosi bo‘ylab sayohatlar tashkil etildi.

      
©️Namangan shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_maktablari
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2025

🏫 Namangan shahridagi Prezident maktabida 29-aprel sanasida oʻtkazilgan
“Ochiq eshiklar” kuni jarayonlaridan videolavha.

📹 Video lavha muallifi: Odiljon Xamroxo'jayev

©️Namangan shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati
#Mingbuloq_IM
#Murojaatlar_markazi
#Qabul_2025

❇️ 2025-yil 10-may kunidan Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-2026-oʻquv yili qabul jarayonlarida oʻquvchilarning ota-onalari tomonidan qiziqtirgan savollariga javob berish, hujjatlar topshirish davomida yordam koʻrsatish maqsadida "Murojaatlar markazi" tashkil etildi.

"Murojaatlar markazi" Dushanba-shanba kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar faoliyat olib boradi.

❇️Bogʻlanish uchun telefonlar:
☎️:+998945049848
📞:+998998157390
☎️:+998937322252

📬Manzil: Mingbuloq tumani, Birlashgan MFY, Bogʻi Eram koʻchasi 72-uy.
🎯Moʻljal: Tuman markaziy tibbiyot birlashmasi yonida.

Joylashuv

Maktab hayotidan so'nggi yangiliklar bizning ijtimoiy tarmoqlarda👇👇👇

https://t.iss.one/Mingbuloq_IMA
https://facebook.com/groups/1164168227868961/
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi.

Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida:

Murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;

Shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.

Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan ilmli, munosib o‘quvchilarimizga omad tilayman!

@hilola_umarova