NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
634 subscribers
10.9K photos
334 videos
6 files
1.71K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Jarayon
#Koʻrgazma_namoyishi
#Mingbuloq_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida IV chorak yakuni boʻyicha oʻquvchilar tomonidan ixtisoslik fanlaridan tayyorlangan loyiha ishlari namunalari jamlanib, ijod namunalari koʻrgazmasi tashkil etildi.

Maqsad: Oʻquvchilar ijodkorlik, ixtirochilik, olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllay olish qobiliyatlari rivojlanadi. Kasbiy koʻnikmalar shakllanadi. Tengdoshlar oʻrtasida bilim, koʻnikma, tajriba almashish samarasi oshadi.

Oʻquvchilar taassuroti yuzlarida namoyon. Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi o‘quvchilarni ijodiy muvaffaqiyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook
#Norin_tuman_IM
#Uch_avlod_uchrashuvi

🏛 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman hokimligi, "Nuroniy jamgʻarmasi"tuman boʻlimi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

🏫Ular maktabda o‘quvchilarga yaratib berilgan qulay sharoitlar va imkoniyatlar hamda maktab hayoti bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilarning erishayotgan natijalari bilan qiziqdilar.

🕰Uchrashuvda tuman "Nuroniy jamgʻarmasi" rahbari mehnat faxriysi Umarov Qodirjon hayoti va faoliyati o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik ruhida tarbiyalashda ibrat maktabi ekanligi ta'kidlandi.

📒Tadbirga shuningdek, tumandagi bir nechta maktablarda direktor vazifasida faoliyat yuritgan Xabibullo Meliboyev hayoti va faoliyatidan kelib chiqib, bugungi tinch,  osuda hayotimizning qadriga yetish, uni avaylab asrash zarurligi tushuntirildi.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube