NAMANGAN | PREZIDENT, IJOD, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
614 subscribers
15.6K photos
438 videos
6 files
2.35K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Farmon_ijrosi_amalda

OʻQUVCHILAR  O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN SHAXMAT MUSOBAQASIDA G‘OLIBLAR ANIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilingan edi

Mazkur farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda amaldagi o‘quv rejasida nazarda tutilgan fakultativ soatlar hisobidan shaxmat mashg‘ulotlarini tashkil etish belgilab oʻtilgan.


Farmon ijrosi doirasida Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida iqtidor egalarini saralash maqsadida 5-10-sinfning 60 nafardan ortiq o‘quvchilari o‘rtasida Shaxmat musobaqasi o‘tkazildi va g‘oliblar aniqlandi.
Quyidagi o‘quvchilar:

🥇Xakimov Azizbek
🥈Sobitxonov Sardorbek
🥉Abdujalilov Xasanboy

g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

@YangiNamanganTIM
Forwarded from Jahongir Ergashev
#Sport_musobaqasi

QAHRAMONLAR NOMI BARHAYOT

Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan "Qahramonlar nomi barhayot" shiori ostida o'quvchi yoshlari o'rtasida voleybol sport musobaqasi o'tkazildi.

Murosasiz baxslarda 9-01A sinf o'quvchilari 🥇g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Faxriy yorliq va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar!

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda kuzating 👇👇👇
|Telegram|Facebook|YouTube|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Norin_IM
#Xotira_va_qadrlash_kuni
#Jasorat_millat_ĝururi_va_iftixori

🏣Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Jasorat-millat g'ururi va iftixori" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube