NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
639 subscribers
10.6K photos
329 videos
6 files
1.67K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Muvaffaqiyat
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Kosonsoy_TIM

Maktab bitiruvchilari o'rtasida informatika va axborot texnologiyalari fanidan "NamMQI olimpiadasi" bo'lib o'tdi.

Tanlovni institut rektori Sh. Ergashev ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i D. Akbaraliyev ishtirokchilarni olimpiada Nizomi hamda tashkiliy jarayonlar bilan tanishtirdi.

Olimpiadaning viloyat hamda OTM bosqichi uchun tuzilgan hakamlar hay'ati va auditoriya kuzatuvchilari tomonidan tanlov adolatli, shaffof o'tkazilishi ta'minlandi.

Olimpiada yakunida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11.01-sinf oʻquvchisi Ahliyor Murodillayev 100 ballik natijani qayd etib, olimpiada g‘olibiga aylandi va Namangan Muhandislik Qurilish Instituti grantini qo‘lga kiritdi va muddatidan avval talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi.

Ustozi: Abdunabi Rashidov

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#XOTIRA_VA_QADRLASH_KUNI_🇺🇿
#USTOZGA_EHTIROM_🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chust ixtisoslashtirilgan maktabida "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan UCH AVLOD UCHRASHUVI bòlib òtdi.
🇺🇿 Maktab direktori Akramjon Yuldashevning tashabbusi bilan uzoq yillar 6-maktabda faoliyat yuritgan ustozlar maktabga taklif etildi.
🇺🇿 Faxriy ustozlar sinf xonalarni aylanib, davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
🇺🇿 Aytib òtish joizki, direktor Akramjon Yuldashev, shuningdek, bir guruh òqituvchilar ham oldingi 6-maktab òquvchisi bòlganlar.
🇺🇿 Faxriy ustozlarga minnatdorchilik bildirildi, maktab xotiralari eslandi.

USTOZLARGA KÒRSATILGAN EHTIROM ALBATTA SHOGIRDLARDAN QAYTAJAK!!!

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati 👇

Telegram | Facebook | Instagram
#9_may
#Xotira_va_qadrlash_kuni

🏛Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Norin tuman ixtisoslashtirilgan  maktab oʻquvchilari 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Norin tuman markazidagi "Xotira maydoni" ni ziyorat qilishdi.

"Motamsaro ona" haykali poyiga gullar qo'yib, o'tganlar ruhini shod aylashdi.

Oʻquvchilar tomonidan ziyorat davomida janggohlarda jon bergan vatandoshlar nomlari muhrlangan «Xotira kitobi» ko‘zdan kechirildi, “Motamsaro ona” haykali qarshisida sukut saqlandi, shuningdek oʻquvchilarga mazkur sana bilan bog‘liq tafsilotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube
#Norin_IM
#Xotira_va_qadrlash_kuni
#Jasorat_millat_ĝururi_va_iftixori

🏣Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tomonidan 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Jasorat-millat g'ururi va iftixori" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

🔊🔊🔊 Bu kabi ma’rifiy tadbirlar tarixni, ajdodlarni xotirlash bilan birga  o‘quvchi yoshlarimizda Ona Vatanga muhabbat, tinch va osuda kunlarga shukronalik hissini  oshirishga xizmat qiladi.

🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube