NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
639 subscribers
10.5K photos
329 videos
6 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#9_may
#Kosonsoy

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan  maktab õquvchilari 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Kosonsoy shahridagi "Xotira maydoni" ni ziyorat qilishdi.

"Motamsaro ona"  (ramziy) haykali poyiga gullar qo'yib, o'tganlar ruhini shod aylashdi.

Oʻquvchilar tomonidan ziyorat davomida janggohlarda jon bergan vatandoshlar nomlari muhrlangan «Xotira kitobi» ko‘zdan kechirildi, “Motamsaro ona” haykali qarshisida sukut saqlandi, shuningdek oʻquvchilarga mazkur sana va Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq tafsilotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Kosonsoy_TIM

Maktab bitiruvchilari o'rtasida informatika va axborot texnologiyalari fanidan "NamMQI olimpiadasi" bo'lib o'tdi.

Tanlovni institut rektori Sh. Ergashev ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i D. Akbaraliyev ishtirokchilarni olimpiada Nizomi hamda tashkiliy jarayonlar bilan tanishtirdi.

Olimpiadaning viloyat hamda OTM bosqichi uchun tuzilgan hakamlar hay'ati va auditoriya kuzatuvchilari tomonidan tanlov adolatli, shaffof o'tkazilishi ta'minlandi.

Olimpiada yakunida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11.01-sinf oʻquvchisi Ahliyor Murodillayev 100 ballik natijani qayd etib, olimpiada g‘olibiga aylandi va Namangan Muhandislik Qurilish Instituti grantini qo‘lga kiritdi va muddatidan avval talabalik baxtiga muyassar bo‘ldi.

Ustozi: Abdunabi Rashidov

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#XOTIRA_VA_QADRLASH_KUNI_🇺🇿
#USTOZGA_EHTIROM_🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chust ixtisoslashtirilgan maktabida "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan UCH AVLOD UCHRASHUVI bòlib òtdi.
🇺🇿 Maktab direktori Akramjon Yuldashevning tashabbusi bilan uzoq yillar 6-maktabda faoliyat yuritgan ustozlar maktabga taklif etildi.
🇺🇿 Faxriy ustozlar sinf xonalarni aylanib, davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
🇺🇿 Aytib òtish joizki, direktor Akramjon Yuldashev, shuningdek, bir guruh òqituvchilar ham oldingi 6-maktab òquvchisi bòlganlar.
🇺🇿 Faxriy ustozlarga minnatdorchilik bildirildi, maktab xotiralari eslandi.

USTOZLARGA KÒRSATILGAN EHTIROM ALBATTA SHOGIRDLARDAN QAYTAJAK!!!

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati 👇

Telegram | Facebook | Instagram