NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
628 subscribers
11K photos
337 videos
6 files
1.72K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Mingbuloq_IM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

❇️ Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Jasorat - millat g'ururi va iftixori!" nomli ma'naviy-ma'rifiy hamda sport tadbirlari davom etmoqda.

Bugun tumandagi xotira maydonida "Motamsaro ona" haykali poyiga gullar qoʻyildi va ulugʻ Vatan urushida oʻzbek xalqining jasorati haqida maʼlumotlar berildi.

“Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” shiori ostida xotira turniri tashkil etildi va sportning shaxmat hamda qizlar oʻrtasida minifutbol musobaqalari o'tkazildi.

Oʻqituvchilar va 9-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ZAKOVAT intellektual bellashuvi tashkil etildi.

G'olib jamoalar estalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook
#Jarayon
#Obod_manzillar
#KosonsoyTIM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi binosining foye qismida siyosiy-huquqiy, milliy-ma‘naviy va jadidlar faoliyatini aks ettiruvchi burchaklar tashkil etildi.

Ushbu kompozisiyalarni tayyorlashda bir-birini ma'no jihatidan to‘ldiruvchi, betakror , kishini ma'naviy mushohadaga chorlaydigan timsol va osori atiqalardan foydalanishga harakat qilindi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi sifatli ta‘lim va yetuk ma'naviy tarbiya yo'lida sobitqadamdir.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Uch avlod uchrashuvi

🔷Kosonsoy tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida Kosonsoy tumani Maktab va maktabgacha ta'lim bo‘limi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda 9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Mehmonlar Ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarga yaratib berilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbirda ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M. Appaqov, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O. Qoriyev, Ohangaron shahar “Nuroniy” jamg‘armasi Sh. Komilov so‘z olib, “Xotira va qadrlash kuni” chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylanganligi o‘tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketganligini ta’kidlab o‘tdilar. Shuningdek, tadbir davomida so‘z olganlar, taniqli ijodkor I.Nishonovning “Dovon” romani haqida ham fikrlarini bildirib o‘tdilar. Adib I. Nishonov ham “Dovon” romaning yozilishi tarixi haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi.