NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
633 subscribers
10.6K photos
334 videos
6 files
1.68K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Mingbuloq_IM
#El_yurt_umidi

❇️❇️❇️
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalar agentligi tizimidagi Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabida bitiruvchilar bilan “El-yurt umidi” jamg’armasi g’olibi Rahimov Elbek davra suhbati tashkil etildi.

✳️✳️✳️
Sobiq bitiruvchimiz Elbek Rahimov Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamg’armasi, uning talablari va imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berib o’tdi.


“El-yurt umidi” jamg’armasi grantini qo’lga kiritish bosqichlari, kvotalar, xorijdagi imtiyozlari yuzasidan bitiruvchilarda tug’ilgan savollarga javob oldilar.

♻️♻️♻️
Ma’lumot o’rnida aytib o’tish joizki, Elbek Rahimov AQShdagi Cincinnati State University da Moliya yo’nalishida tahsil olmoqda.

🌐🌐🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegramm | Facebook
#Mingbuloq_IM
#Xotira_aziz_qadr_muqaddas

❇️ Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Jasorat - millat g'ururi va iftixori!" nomli ma'naviy-ma'rifiy hamda sport tadbirlari davom etmoqda.

Bugun tumandagi xotira maydonida "Motamsaro ona" haykali poyiga gullar qoʻyildi va ulugʻ Vatan urushida oʻzbek xalqining jasorati haqida maʼlumotlar berildi.

“Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” shiori ostida xotira turniri tashkil etildi va sportning shaxmat hamda qizlar oʻrtasida minifutbol musobaqalari o'tkazildi.

Oʻqituvchilar va 9-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ZAKOVAT intellektual bellashuvi tashkil etildi.

G'olib jamoalar estalik sovg'alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️➡️
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
🌐Telegramm | 👍Facebook
#Jarayon
#Obod_manzillar
#KosonsoyTIM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi binosining foye qismida siyosiy-huquqiy, milliy-ma‘naviy va jadidlar faoliyatini aks ettiruvchi burchaklar tashkil etildi.

Ushbu kompozisiyalarni tayyorlashda bir-birini ma'no jihatidan to‘ldiruvchi, betakror , kishini ma'naviy mushohadaga chorlaydigan timsol va osori atiqalardan foydalanishga harakat qilindi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi sifatli ta‘lim va yetuk ma'naviy tarbiya yo'lida sobitqadamdir.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab