NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
605 subscribers
12.6K photos
377 videos
6 files
1.92K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#olimpiada

Viloyatdagi umumiy o’rta ta'lim maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilari o’rtasida fizika fanlari bo’yicha o'tkazilgan "NamDPI olimpiadasi" g'oliblari aniqlandi va natijalar quyidagicha:

Fizika fani bo'yicha g'oliblar:
🥇- o'rin: Mirzaanvarov Mirzag'olib - Chust tumani;
🥈- o'rin: Mullaboyev Og'abek - Namangan shahri;
🥉- o'rin: Olimova Mushtariy - Kosonsoy tumani ixtisoslashtirilgan maktabi.

Ushbu olimpiadada Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11.01-sinf oʻquvchisi Olimova Mushtariy ham ishtirok etib, 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Tanlov g'oliblari maxsus diplom va olimpiada yakuniy bosqichining barcha ishtirokchilari esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

P.s; Ma‘lumot o‘rnida aytib oʻtish joizki, ushbu olimpiada g‘oliblari tegishli oliy o'quv yurtida o'z yo‘nalishi bo‘yicha grant egasiga aylanadi.

Muddatidan avval talabalik muborak bo'lsin Mushtariy!

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
##Yangiqoʻrgʻon
##Vatanparvar
Bugun Yangiqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan memorandumga asosan mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" oʻquv sport tekshirish klubining amaliy mashgʻulotlari tashkil etildi. Tadbir davomida oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida pnevmatik quroldan foydalanish musobaqalari oʻtkazildi. Qiziqarli tashkillangan mazkur musobaqa yigit-qizlarda jasorat va mardlik tuygʻularini uygʻotdi. Faol oʻquvchilarga tuman "Vatanparvar" oʻquv sport tekshirish klubining sport va maʼnaviy ishlar boyicha direktor oʻrinbosari Akramov Abdullaqahhor tashkilot tomonidan ajratilgan estalik sovgʻalarini topshirdi.
#Jarayon
#Yangiqo'rg'on
#School counselor award
🏢Yangiqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktab direktori D. Boychayev va maktab maslahatchisi N. Axmedovalar tashabbusi bilan "School counselor award" mukofoti tashkil etildi. O'quvchilar bu mukofotni qo'lga kiritish uchun maktabda tashkil etilgan fan olimpiadasida ishtirok etadilar.
🔆Maqsad bitta: oʻquvchilarimiz orasidan yangi yulduzlarni kashf etish, iqtidorlilarni aniqlash va ularni ragʻbatlantirish!!!
Maktab O'IBDO' Sh. Xaydarov va barcha fan o'qituvchilari olimpiada jarayonlarini shaffof va muvaffaqiyatli o'tkazdilar.
💦Bu olimpiadani o'quv yili davomida har 15 kunda o'tkazib borishni an'anaga aylantirishni oldimizga maqsad qilib qo'ydik.
Zukko o'quvchilarimizga hamisha ilm olishlarida va davlatimiz uchun munosib farzand bo'lishlarida omadlar tilab qolamiz.
#Muhammad_Yusuf
#Tadbir

Shoir shunday ko'pki,ularga yer tor,
Hammasi mashhur va hammasi nomdor,
Ulug'vor,ularga yetmoq ko'p dushvor.
Ammo ular oyga bosib yuzini
Turganda osmonin bag'riga ilk bor
Biz olib borgaymiz tuproq isini,
Gulday dimog'iga tutamiz,qizim,
Biz hali hammadan o'tamiz,qizim!

🏬Uychi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 26.04.2024 kuni o'zbek xalqining betakror shoirlaridan biri,xalqimizning bulbulzabon farzandi 🌷Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab "Ulug'imsan, Vatanim!"nomli tadbir tashkil etildi.

📚O'quvchilar tomonidan aytilgan she'rlar,qo'shiqlar barchani yana bir bor yurt va millatga samimiy va ixlos bilan xizmat qilishga chorladi.

Telegram | Facebook
#Natija
#IELTS_CEFR

⚡️⚡️To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yana ikki nafar o'quvchilari IELTS va CEFR sertifikatlarini qo'lga kiritishdi.

10-sinf o'quvchisi Valijonov Muhammadaziz IELTS 7

11-sinf o'quvchisi Yo'ldashev Diyorbek CEFR B2

Ma'lumot o'rnida: o'quvchilar hisobidagi xalqaro va milliy sertifikatlar soni 53 taga yetdi.

To'raqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy sahifalariga ulanish ⬇️
Telegram / Instagram / YouTube
#JARAYON
#Tabiat va inson
#Yangiqoʻrgʻon
Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinflari va boshqa  sinf oʻquvchilari Yashil makon loyihasi doirasida muassasamizning gulxonalariga issiqxonamizda yetishtirilgan gul koʻchatlaridan ekdilar. Limonariyamizdagi limon daraxtlarimiz gullab, meva tugish arafasida.
O'quvchi-yoshlarimiz o'z tashabbuslari bilan chiqib, maktabimizni yanada go'zal maskanga aylantirishda o'z hissalarini qo'shishganlaridan juda ham mamnunlar.