NAMANGAN | IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR
637 subscribers
10.5K photos
328 videos
6 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati rasmiy kanali.
Download Telegram
#fidoyilar_🎉🎉🎉

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chust ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh ustozlari hamda òquvchilar tumanimizning turli jabhalarida mehnat qilayotgan turli soha vakillariga minnatdorchilik bildirish uchun ularning ish joylariga tashrif buyurdilar.
Dastlabki tashrif tuman tibbiyot birlashmasi kòp tarmoqli markaziy poliklinikasi ayollar maslahatxonasi mudirasi akusher-ginekolog Tòraxonova Nodiraxon Parpixonova, sòngra tuman obodonlashtirish boshqarmasi farroshi Qurbonova Zohidajon Mirzayevna, keyin esa tuman sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bòlimi xodimasi Qurbonova Gulbahor Akbarovnalarga el-yurt oldidagi fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirib, maktabimizning tashakkurnomasi va gullar bilan ularni xushnud etdilar.

🇺🇿Xalqimizga xizmat qilishda aslo charchamang
!!!🇺🇿

Chust tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati👇

Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bir guruh oʻquvchilarining Andijon shahridagi shoir Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Muhammad Yusuf Marhamat tumani Qovunchi qishlogʻidagi yashab oʻtgan xonadoni va qabriga sayohati tashkil etildi.


🎫 Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
MATBUOT XIZMATI, 2024.
Facebook|Telegram|You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olimpiada #OchiqEshiklarKuni

📑 Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ziyokor" oʻquv markazi bilan hamkorlikda 3-4-sinf oʻquvchilari uchun olimpiada oʻtkazildi.

21-aprel kuni maktabimizda Namangan viloyatining nufuzli oʻquv markazlaridan biri "Ziyokor" jamoasi bilan viloyat miqiyosida 3-4-sinf oʻquvchilari oʻrtasidagi norasmiy olimpiada boʻlib oʻtdi.

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbir bevosita maktabning "Ochiq eshiklar kuni" shiori ostida davom etdi.

Oʻquvchilar sinov jarayonlariga yoʻnaltirilgach, ularning ota-onalari hamda maktab ma'muriyati oʻrtasida qizgʻin suhbat boʻlib oʻtdi. Suhbat asosan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlari va ta'lim jarayoni haqida boʻlib oʻtdi.

Maktab direktori B. Mahmudov agentlik tizimidagi maktablarning faoliyati, oʻqitish tizimiga oid maʼlumotlar berib oʻtdi.

Shuningdek, ota-onalar maktabda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv xonalari, maktab oshxonasi sharoitlari bilan tanishib chiqishdi.

🏆 Imtihon jarayonlari oʻz yakuniga yetgach, 3- va 4-sinflar kesimida gʻoliblar aniqlandi va taqdirlandi.

🔖 @YangiNamanganTIM
♻️♻️♻️
Ixtisoslashtirilgan muassasalar agentligi tizimidagi Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 22-aprel kuni "Butunjahon Yer Kuni"🌎 munosabati bilan "Earth Day Every Day!(Yer kuni Har kuni) mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.
⚜️⚜️⚜️
Tadbirga viloyatda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashgan maktablardan ingliz tili o'qituvchilari tashrif buyurishdi. Seminarda Yer kuni uchun bag'ishlab chizilgan devoriy gazetalari,ikkilamchi chiqindi mahsulotlaridan yasagan qo'l mehnati ijodiy ishlari seminar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.Tadbirning asosiy mazmuni ingliz tili o'qituvchilari tomonidan taqdim etilgan Master Klass mashg'ulotlari,oquvchilar taqdimoti,konsert dasturi mehmonlarda katta taasurot qoldirdi.
♻️♻️♻️
Shuningdek, Yer Kuni munosabati bilan avtomobil haydovchi Ustozlar shu kuni Ona Tabiatimizga g’amxo’rlik ramzi sifatida "Avtomobilsiz kun" tashkil qilishdi.
🌐🌐🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegramm | Facebook