#Xon_atlas_haftaligi
Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Xon atlas” haftaligi doirasida Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, o‘zbek milliy shoyi matolari – atlas va adras liboslari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Milliy liboslarimizda xalqimizning koʻp asrlik oʻtmishi, urf-odat va an'analari, estetik qarashlari, oʻziga xos xususiyatlari mujassam boʻlib, mazkur tadbirlarda faol ishtirok etgan yoshlarimizning shu kabi madaniy ildizlarimizga ehtirom va qiziqishi yanada kuchaydi. Haftalik doirasida kiyinish madaniyati, milliy liboslarning tarixi va bugungi kundagi uyg‘unlashuvi, shuningdek, milliy va zamonaviy kiyinish, estetik did, jamiyatdagi yurish-turish, odob-axloq qoidalari borasida fikrlar, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan tushunchalar berilib o‘tildi.
@YangiNamanganTIM

#Shaxmat_doskasi
"Aqllar jangi" musobaqasiga start berildi.
Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqaga start berildi. Birinchi kungi musobaqada 32 nafar o‘quvchilar ishtirok etib, munosiblari saralab olindi. Musobaqa hafta yakuniga qadar davom etadi. Keyingi tur o‘yinlari ishtirokchilariga omad tilab qolamiz. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Forwarded from Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi/ RASMIY (MARDON)
NAMANGANLIK O‘QUVCHI ABU- DABIDAGI XALQARO FORUMDA ISHTIROK ETMOQDA
Namangan shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Munisa Akbarova ayni paytda Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida "Xalqaro Irena yoshlar forumi 2024"da O'zbekiston nomidan ishtirok etib, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan barqaror foydalish bo'yicha o'z taklif va tashabbuslarini ilgari surmoqda. Forumdagi interfaol sessiyalar, jumladan, ochiq muloqotlar va tematik seminarlarda ishtirokchilar global energetika sohasiga o‘z yechimlari orqali hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi. IRENA hukumatlararo tashkilot boʻlib, 180 dan ortiq mamlakatlarning faol ishtirokida resurslar, texnologiyalarni barqaror kelajak kaliti sifatida ilgari suradi hamda mamlakatlarga qayta tiklanadigan energiya salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Yosh iqtidor egasining soha bo‘yicha ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.
Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati